Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Liverpulda qaysi xujumchi yetakchi? Salax,Sane yoki Firmino?

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 05.04.2020
Bugungi kunga kelib, qizillarning Premer Ligadagi ochkosi uning eng yaqin ta’qibchisi hisoblanmish "Manchester Siti"dan 22 ochko ko‘p va ular o‘zlari o‘tkazgan 25 o‘yindan 24tasida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ularning himoyasi esa shunchaki dahshat: 25 o‘yinda atigi 15ta gol o‘tkazib yubordi hamda bu natija bo‘yicha Angliya jamoalari orasida yetakchi hisoblanadi. Ular himoyasining mustahkam o‘yini esa hujumdagi trioga katta imkoniyatlar bermoqda.

"Liverpul"ning bu o‘yinida hal qiluvchi rolni – ajoyib trio hisoblanmish Roberto Firmino, Muxammad Salax va Sadio Manelar egallaydi. 2017/2018 yilgi mavsumda bu trioda Salax yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2018/2019 mavumda esa Mane o‘zining muhim gollari va foydali o‘yini bilan trioda ajralib turgan edi.

Ammo 2019/2020 mavsumda ushbu trioda kim yetakchilik qilmokda? Qay biri jamoaning ham Premer Ligada ham Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarida yaxshiroq o‘ynamoqda? Bu borada hamma har xil fikrda va bu jarayon ancha bahsli bo‘lganligi sababli, statistikaga murojaat qilamiz!

sosiy statistika
Chempionlar Ligasi hamda Premer Liga doirasida Firmino jami bo‘lib 31 ta o‘yinda 2498 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Salaxda bu ko‘rsatkich 28 o‘yinda 2425 daqiqani, Maneda esa 28 o‘yinda 2248 daqiqani tashkil qiladi. Bu statistika shuni ko‘rsatib turibdiki, ularning uchalasi ham deyarli maydonda bir xil vaqt o‘tkazishgan va bu esa bizga adolatli qaror chiqarishimizga imkon beradi.

To‘purarlik
Har qanday hujumchining vazifasi ham, maqsadi ham gol hisoblanishini inobatga olsak bu ko‘rsatkich bo‘yicha kim yetakchilik qilishi juda qizik, shunday emasmi? Demak, Salax hisobida hozirgi kunga kelib 18ta gol mavjud, Maneda esa 13ta va Firminoda umumiy bo‘lib 8 ta gol mavjud, ammo buni hayratlanarli joyi yo‘k, sababi Misrlik forvard raqib darvozasiga boshqalarga qaraganda ko‘prok zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan (Salax 112, Firmino 86 va Mane 66ta zarba yo‘llagan) va boshqalarga qaraganda ko‘proq to‘p bilan munosabatda bo‘lgan (Salax 267, Firmino 186, Mane 170 marotaba).

Bu natijaga yaxshilab qaraydigan bo‘lsak, Maneni qanchalik jamoaviy hamda foydali o‘yinchi ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mane o‘ziga berilgan 18ta katta imkoniyatdan foydalana olmaganiga qaramasdan(bu ko‘rsatkich Salaxda 14 va Firminoda 15ta) uning imkoniyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi 20%ni tashkil etadi. Salax va Firmino bu borada Manedan orqada, ularning bu boradagi ko‘rsatkichi mos ravishda 14% va 15%ni tashkil etmoqda.

Salax hozir bahsda yutqazayotgandek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida holat unday emas. Buning sababi Salax o‘ziga yaratib berilgan golli vaziyatlardan 16tasini golga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan, bu ko‘rsatkich esa Maneda 8ta va Firminoda atigi 5tani tashkil qiladi. Demak, Salax goleadorlik mahorati bo‘yicha qolgan 2 sherigidan ustun, sababi unda berilgan imkoniyatdan foydalanish koeffitsiyenti balandroq!
G‘olib: Muxammad Salax

DRIBLING

Bu trio bir birini maydonda juda yaxshi tushunishadi va ularning ham himoyadagi ham hujumdagi o‘yin darajasi bir biridan uncha farq qilmaydi. Shu sababli ularning driblinglar soni deyarli bir xilligi unchalik hayratlanarli bo‘lmasa kerak. Mane 86 dribling, Firmino 85 va Salax 81 dribling qilishga erishgan. Firmino hamda Mane 54ta driblingni muvaffaqiyatli yakunlangan, Salaxda esa bu ko‘rsatkich 49tani tashkil etadi.

Firmino dribling bo‘yicha ustun. Lekin dribling qilish jarayonida Sanega nisbatan raqib jamoa o‘yinchilari 35 marta qoida buzishgan va bu ko‘rsatkich Firminoda 13tani va Salaxda 16tani tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, senegallik futbolchi asosan xavfli joylarda o‘z driblingini amalga oshiradi hamda asosan qiyin vaziyatlarda o‘z driblingi bilan chiqib ketish qobiliyatiga ega.
G‘olib: Sadio Mane

To‘p uzatish

"Liverpul" jamoasining asosiy o‘yin uslubi himoyadan hujumga xavfli to‘p uzatishlar berishga asoslangan, lekin bu hujumchilar to‘p uzatishda qatnashmaydi degani emas. Faktlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Trend Aleksandr Arnold va Endryu Robertsonlar jamoada to‘p uzatish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishni bajarmoqdalar va bu esa hujumchilarning shunchaki kerakli vaziyatda kerakli joyda bo‘lishsa yetarli bo‘lishini ta’minlamoqda.

Firmino bu kategoriya bo‘yicha yetakchi. Braziliyalik futbolchi 1035ta pas bergan. Shundan 818tasi aniq bo‘lgan, bu ko‘rsatkich Maneda 743/906ta va Salaxda 618/805 tani tashkil etmoqda.

Vaziyat yaratish bo‘yicha esa Maneni ko‘rsatkichlari yaxshi (52ta pas amalga oshirgan, Salax 50ta va Firmino 48ta) va golli vaziyat yaratish bo‘yicha esa Salaxni ko‘rsatkichi yaxshiroq(13ta, Firmino 12ta va Mane 9ta). Firmino bu ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham stabil ketmoqda va u jamoadoshlariga qaraganda to‘pni kamroq (376 marta, Mane 380 marta, Salax 397 marta) yo‘qotib qo‘ydi. Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, Firmino bu uchlikda pas berish bo‘yicha yetakchi va u jamoaning chalg‘ituvchi to‘qqizinchi raqam egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
G‘olib: Roberto Firmino

HIMOYALANISH

Himoya - odatda hujumchilar o‘ylaydigan oxirgi narsa hisoblanadi. Ammo Yurgen Klopp qarashlari bo‘yicha hujum bu himoyaning birinchi qismi hisoblanadi va pressing aynan hujumchilar tomonidan qilinishi shart deb hisoblaydi. Bu narsa, albatta, 9 raqamlining tashabbusi ostida amalga oshiriladi, lekin bugungi kunga kelib Mane to‘p uchun Firminoga qaraganda ko‘proq kurashda qatnashgan (Maneda 43ta, Firminoda 36ta), lekin biz bilamizki, to‘pga kurashish emas unda yutish muhim hisoblanadi. Bu bo‘yicha statistikaga qaraydigan bo‘lsak Mane 43ta kurashdan 26tasida, Firmino esa 36ta kurashdan 25tasida ustun kelgan.

Ehtimol bunga Manening himoyaga qaytib o‘ynashi va Firminoni asosan ortiga qaytmasligi sabab bo‘lishi mumkindir. Salax esa 13ta kurashning 5tasida g‘alaba qozongan holda trio orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yomoni bo‘lib turibdi.

Faktlarga qaraydigan bo‘lsak, Firmino 111marta to‘pni qaytarib olishga erishgan, Mane 107 marta va Salax esa 67 marta bunga muvaffaq bo‘lishgan. Bundan tashqari braziliyalik forvard hujum zonasida pozitsiya bo‘yicha kurashda 24marta, maydon markazida 61marta kurashda g‘olib bo‘lgan.

Mane (12) - Salax(7) va Firminoga(4) qaraganda ko‘proq jamoa hujumini buzgan, ammo Firmino zarbani to‘sish(3ta) va himoyadan to‘pni uzoqlashtirish (11) bo‘yicha bu trioda ustun hisoblanadi.
G‘olib: Roberto Firmino

Xo‘sh Liverpulning ushbu mavsumda bu triodan qay biri yetakchilik qilmoqda?

Menimcha javobi hech kimni xursand qilmasa kerak. Salax o‘zining goleadorlik mahorati va hujumdagi xavfliligi bilan, Firmino o‘zining paslari hamda to‘p olib qo‘yish mahorati bilan, Mane esa o‘zining dribling mahorati va boshka kategoriyalarda ham yaxshi mahoratga ega ekanligi bilan trioda ajralib turadi.

Balki, Mane bu mavmum o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazayotgan bo‘lishi va jamoaning o‘yiniga ta’siri ham boshka mavsumlariga qaraganda yaxshiroq bo‘lishi mumkin, lekin "Liverpul"ning bunday davomiy g‘alabalarining sababi bo‘lishga yetmaydi, chunki ularning jamoasi shunchaki qimmatbaho! Bu jamoaning asosiy yutug‘i unda ortiqcha inson yo‘qligi, har bir jamoa a’zosining o‘z vazifasi bor va ular buni a’lo darajada bajarishmoqda!

"Liverpul"da ma’lum bir futbolchini lider deb aytishning iloji yo‘q, chunki har bir futbolchi shunchaki ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va yana shuni aytib o‘tish joizki, hozir ularning jamoasida dunyoda tengsiz trio mavjud.

Теги: Firmino, Liverpul., Muhammad Saloh, Sadio Mane

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]