наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
10:43
Mahalladan beriladigan “spravka”lar bekor qilindi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

- shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;
- shaxsning ishsizligini;
- bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- shaxsning tavsifnomasi.

Endilikda davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur boʻlsa, mazkur maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.

2020 yil 1 yanvardan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYO organlaridan mustaqil ravishda olinadi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 782 | Добавил: MASSARI | Теги: spravka, mahalliy spravka, fuqaro | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]