наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
20:12
Makgregor: “Nurmagomedov - mayda kalamush, uni bir raundda sindiraman”

Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan jangdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida rossiyalikni haqorat qildi.

«Men bu mayda kalamushni yoʻq qilib tashlash maqsadida qaytdim. Ikki yil janglarda ishtirok etmadim, keyin bu qoʻrqoqni avtobusda koʻrdim, u mendan qoʻrqib ketdi, u nega chiqmadi? Habib, axir men qurolsiz edim! Men jang oʻtkazishni yaxshi koʻraman, buni haddan tashqari yoqtiraman, bu kichkina tentakni doʻpposlashni xohlayman. U mening muxlisim boʻlgan, men tasvirlangan maykalarni sotib olgan.

Men uning faoliyati tobutiga mix qoqib tashlayman. Buni barcha rossiyalik odamlar nomidan gapirmoqdaman», - deya maʼlum qilgan irlandiyalik.

Shuningdek, Habib Nurmagomedov ham bu borada oʻz fikrini bildirgan.

“Hammasi oddiy. Sen pul uchun, men esa meros uchun, oʻzimdan keyin nimadir qolishi uchun jang qilmoqdaman”, - degan Nurmagomedov.

UFC sobiq chempioni oʻz javobida rossiyalikning puli qolmaganini, u “oʻz xalqi” hisobidan jang qilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

“Sendan hech narsa qolmaydi, seni yoʻq qilib tashlayman. Men emas, balki sening oʻzing pul haqida gapiryapsan. Oʻzi pullar haqida nimani bilasan? Senda pul ham yoʻq, sen uchun xalqing pul toʻlayapti! Pullar - shu sening soxta merosingmi?”, - degan irlandiyalik.

Bundan tashqari, Konor Makgregor raqibini bir raundda magʻlub etishini maʼlum qildi.

“Uning boshi oktagon boʻylab sakrab yuradi. Men uning boshini olib tashlayman. Oʻylashimcha, bir raundning oʻzi yetadi. Uning boshi xuddi shishaga oʻxshash. Men Dogʻistonda odamning boshi xuddi tovuqning boshiga oʻxshash, deb eshitganman. Men beshta raundga tayyor boʻlaman. Hammasini yengib oʻtdim. Bu yigit esa shunchaki shishaga oʻxshash. Uni sindirish oson boʻladi”, - dedi promoushen sobiq chempioni.

Nurmagomedov va Makgregor oʻrtasidagi jang 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Habib Nurmagomedovning otasi Makgregor avtobus atrofidagi oʻyini uchun javob berishi haqida maʼlum qilgandi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1587 | Добавил: MASSARI | Теги: Habib Nurmagomedov, Konor Makgregor, MMA | Рейтинг: 1.0/1
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]