наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:30
Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi

Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma’lum, deb yozadi “Spot”.

Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018-yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o‘tgan edi.

Mart oyi o‘rtalarida Senat 50, 100, 500 so‘m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so‘mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma’qulladi. Biroq banknota haqida so‘z yuritilmagan.

Shu munosabat bilan Spot nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.

Javobda 2018-yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilingan.

Unda, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta’kidlanadi.

Shuningdek, regulyator javobida Markaziy bank ayni daqiqada yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma’lum qila olmasligi ta’kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma’lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Manba: Daryo.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 854 | Добавил: VerSign | Теги: Markaziy bank yangi kupyura chiqari | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]