Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Mashhur aktrisa noma’lum shaxslar tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklandi

Автор: MASSARIкатегория: Kino va Serial yangiliklariдата: 11.12.2019
Nyu-York shahrida 15 nafar noma’lum shaxs aktrisa Jennifer Agostinini shafqatsizlarcha do‘pposladi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli aktrisa dugonasi Prendinellis Garsiya bilan birga Manxettendagi klublardan birida dam olayotgan bo‘lgan. Ikkalasi klubni tark etayotganda, ularga 10-15 kishi atrofidagi noma’lum shaxslar hujum qilgan. Guruh a’zolari ayollarni haqoratlay boshlagan va shavqatsizlarcha do‘pposlagan.

Hodisa oqibatida Agostini yuzining bir necha joyidan jarohatlangan. Aktrisaning ta’kidlashicha, mart oyida u bir katta loyihada bosh rolni o‘ynashi kerak. Shuning uchun endilikda u tashqi qiyofasini tiklash uchun bir nechta plastik jarrohlik amaliyotidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida: aktrisa Jennifer Agostini “Joshua daraxti” va “Qiynoqlar kamerasi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Теги: Jennifer Agostini

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]