наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
18:05
Mast haydovchi YHXB inspektorini urib, 4 ta avtomobilni shikastladi

4 mart kuni soat 20:30 larda Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yirik YTH sodir bo‘ldi.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX katta inspektori, katta leytenantini urib yuborgan va shu yerda harakatlanib ketayotgan “Malibu” rusumli va “Matiz” rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetida to‘xtab turgan “Spark” rusumli avtomashinaga urilib ketgan.

Natijada jabrlangan katta leytenantga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Zamin.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 427 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]