наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
22:41
Messi shubhalanmoqda: Neymar «Real» foydasiga xoinlik qilganmidi?

Ispaniyaning Diario Gol nashri sensatsion xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Neymar va Messi o‘rtasidagi do‘stlik darz ketgan.

Ular ommaning oldida buni ko‘rsatishmayapti, ammo Lionel Neymardan «Real» foydasiga ishlayotgani borasida shubhalanib yurgan. Messining taxminicha, braziliyalik futbolchi jamoaning ichki sirlarini Marselo orqali "Qirollik klubi"ga yetkazib turgan.

Neymar "Barsa"ni tark etganidan keyin Messi xotirjam tortdi. Argentinalik futbolchi endi Andre Gomeshdan shubhalanmoqda. Messi klub rahbariyatidan portugaliyalik futbochlini sotib yuborishni so‘ramoqda. Gomesh Ronaldu va "Real"ning boshqa futbolchilari orqali klub sirlarini raqib jamoaga yetkazishi mumkin deb hisoblamoqda.
Manba: Stadion.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 528 | Добавил: MASSARI | Теги: Real Madrid, Neymar, messi, Barselona | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]