Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 116
Гостей: 116
Пользователей: 0
0

Milliondan ortiq tangalardan piramida yasagan amerikalik shaxs Ginness Rekordlar kitobiga kirmoqchi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.07.2019
Amerikaning Arizona shtatidan bo‘lgan Kori Nilsen piramida yasab Ginnes Rekordlar kitobiga kirish uchun 3 yil sarfladi. “TASS”ning yozishicha, piramidani yasashda qiymati 1 sent bo‘lgan milliondan ortiq mis tangalardan foydalanilgan.

Nilsen tangalardan iborat dunyoda eng ushbu piramidani garajda yasagan va yasash jarayonining turli bosqichlarini videoga olib, YouTube’ga joylagan. U piramidani Cooper Beast deb nomlagan.

“Piramida yaratilishiga sarflangan uch yilning umumiy hisobda 1 yil-u 8 oyini uni qurishga sarfladim”, — deydi Nilsen. Uning aytishicha, o‘z yutug‘ini rasmiylashtirish uchun Ginnes Rekordlar kitobi bo‘limi idorasiga murojaat yo‘llagan. Unga yaqin haftalarda mutaxassislar yuborishga va’da berishgan.

Noyob piramida qurish uchun Nilsenga qiymati 1 sent bo‘lgan 1 030 315 ta mis tangalar kerak bo‘lgan. Bu miqdor 10 ming dollarga teng keladi. Uni qurish uchun internet foydalanuvchilari yordami kerak bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi amerikalikning chaqiruviga javob berib, pochta orqali “qurilish materiali” yuborgan.

Piramida Ginnes Rekordlar kitobida qayd etilganidan so‘ng Nilsen uni buzib, bankda qog‘oz pullarga almashtirmoqchi. Amerikalik piramidani buzish va uni bankka topshirish jarayonini ham videoga olib, YouTube’ga joylamoqchi.

Hozirda Ginnes Rekordlari kitobida tangadan yasalgan piramida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, u 2014-yilda Vilnyusda yasalgan. Bu piramida 1 Litva senti qiymatidagi 1 million 935 ta tangadan yasalgan.

Теги: Milliondan ortiq tangalardan pirami

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]