Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 131
Гостей: 131
Пользователей: 0
0

Misrda bir kun ichida 2 marta temiryo‘l halokati sodir bo‘ldi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.03.2019
Misr shimolidagi Al-Alameyn tumanida temir yo‘l kesishmasida poyezdning kichikroq yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi. Bu haqda Misrning “Al-Vatan” gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa O‘rtayer dengizi sohili bo‘ylab o‘tuvchi Aleksandriya—Matrux yo‘nalishida yuz bergan.

Avvalroq 27-fevral kuni Qohira markaziy vokzalida poyezd katta tezlikda vokzalning asosiy binosiga qo‘shimcha qurilmaga urilgan edi. To‘qnashuv va uning oqibatida kelib chiqqan yong‘inda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kishi jabrlangan.

Shuningdek, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi 20 kishining halok bo‘lganligini tasdiqladi. Ulardan ba’zilarining shaxsi hamon aniqlanmagan. Jabrlanganlardan aksariyatining ahvoli og‘ir ekanligi ta’kidlanmoqda.

Теги: Misrda bir kun ichida 2 marta temir

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]