Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Haftaning birinchi kuni har doim ham og‘ir keladi. Ikki kun miriqib dam olgan organizm kutilmagan jismoniy zo‘riqishdan esankirab qoladi. Shuning uchun ham ko‘pchiligimiz dushanba kuni tushga qadar o‘zimizni lohas his etamiz, ishlashga ko‘nika olmay qiynalamiz. Bularning barchasi o‘tkinchi. Faqat bugun o‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda harakatlar sodir eting. Moliyaviy muammolar kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘ladi. Demak, qarzlarni uzish uchun imkon tug‘iladi. Organizmingiz baquvvat, shuning uchun sizga xastaliklar bugun xavf solmaydi.
< ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

26 avgustda qo‘y burji vakillarini o‘ziga xos sinovlar kutadi. Garchi ilgari bajarilgan ishingiz uchun mukofotini olgan bo‘lsangiz-da, bugungi murakkab amallar sizdek professionalni ham dovdiratib qo‘yishi mumkin. Asosiysi, taqdir sizga in’om etishi mumkin bo‘lgan barcha ezguliklarga ega chiqishga harakat qiling. Salomatligingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Faqat kechqurun taom iste’moli masalasini qayta o‘ylab olsangiz bas. Uxlashdan oldin kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Har bir ko‘zlangan maq ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun muammolaringiz shu qadar tez va silliq hal bo‘ladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Moddiy ahvolingizdan ham xavotir olmasangiz bo‘ladi. Imkon topsangiz, kun davomida o‘sal yotgan qavmlar holidan xabardor bo‘ling va duolarini oling. Bemorlar va mazlumlar duosi ruhingizga qo‘shimcha quvvat beradi. Bugun yangi kasb egallash uchun tashlangan ilk qadam muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizga bee’tibor bo‘lmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

25 avgust kuni oilangizdagilarning qaysidir biri bilan jiqillashib qolishingiz ehtimol ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

24 avgustda siz birinchi navbatda juftingizga nisbatan qalbingizda zohir rashk va shubhadan xalos bo‘lish uchun kurash olib borishingiz zarur bo‘ladi. Chunki bu tuyg‘ular bir kunmas bir kun oilangizni yemirib bitiradi va yolg‘iz qolasiz. Professional kasbingiz doirasida ham tabiatingizga zid prinsiplardan voz kechib, boshqalar kabi osuda, xotirjam va ahillikda ish olib borishingiz, tajribangizni yanada oshira boshlashingiz talab etiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Juda kayfiyatingiz bo‘lmasa, yolg‘iz qoling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun zerikishga umuman vaqtingiz bo‘lmaydi. Yangi tanishuvlar, qiziqarli va yorqin hodisalar, yoqimli xabarlar zerikishga qo‘yishmaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, tushdan keyin boshqa shaharga yo‘l olishingiz va foydali shartnoma imzolashingiz kutiladi. Muhabbatda hali turmush qurmaganlarni kichik sinovlar qarshi oladi. Faqat tanlaganingizga qattiq ishonishingiz hamda dadil turgan holda harakatlar sodir etishingiz talab etiladi xolos.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

23 avgust kuni ish tanlamang. Maydami, yirikmi, farq qilmasin, harakatni davom ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun barcha muammolar, tashvishlarni yelkangizdan oshirib tashlashingiz tavsiya qilinadi. Chunki bugun siz uchun quvonchlar keltiradigan kun. Siz ham ishda, ham oilada ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yutuqlarga erishishingiz mumkin. Faqat astoydil xohlasangiz bas. Atrofda kimlardir sizga ola qarasa, umuman e’tibor bermang. Faqat olg‘a bosing. Kechqurun vaqtingizni oilangiz uchun bag‘ishlang. Agar salomatligingiz yaxshidek ko‘rinmasa, o‘zingizni qandaydir lohas his etsangiz, jahldorlik hissi qalbingizni chulg‘ab, ko‘nglingiz g‘ash tortaversa, qo‘rqmang. Quyosh ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz inshoolloh qiziqarli va yoqimli voqealarga boy bo‘ladi. Sizni yana yangi tanishuvlar ham kutib turibdi. Bugungi dam olish kunidan foydalanib ro‘zg‘ordagi muammolarni bir yoqli qilsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Bajarayotgan ishingizga iloji boricha ijodiy yondoshib ko‘ring-a, foydasini keyin sezasiz. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi. Bugun salomatlik yomonlasha boshlaganidan shikoyatingiz bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozonga og‘ir botuvchi taomlarni iste’mol qilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21 ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun juda ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashingiz tavsiya qilinadi. Chunki yo‘l-yo‘lakay yoki ishda kim bilandir gap talashib qolishingiz va bu katta janjalga aylanib ketish xavfi bor. Moliyaviy masalada ham bugun aqlni peshlagan holda harakatlar sodir eting. Boshqachasiga kissangizga pul tushishi juda mushkul. Salomatligingiz kechqurunga borib pand berish pallasiga kirib, o‘zingizni lohas seza boshlaysiz. Lekin bu qo‘rqinchli emas. Vrachdan maslahat so‘rab dori-darmonning taraddudini ko‘rsangiz, ko‘rmaganday bo‘lib ketishingiz tayin.

BUZOQ (21 ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ishda faolligingiz ortishi juda mushkul kechishi mumkin. Lekin sira tashvishga tushmang, ish bitirishda do‘stlar va hamkasblar yordami sizga qanot bo‘ladi. Shaxsiy hayotda muhim qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelsa, albatta juftingiz bilan bamaslahat ish tuting. Bugun zinhor bankdan ham, odamlardan ham katta miqdorda qarz ko‘tarmang, oxiri voy bo‘lishi kutiladi. Kechqurun salomatligingizni nazoratdan o‘tkazing. Surunkali xastalikka chalinganlar vrach ko‘rigidan o‘tib, salomatliklarini kun davomida nazoratda ushlashlari tavsiya etiladi.

BU ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kayfiyat ham, salomatlik ham juda tobida bo‘ladi inshoollox. Shubhasiz, bu kechqurunga borib o‘z mevasini beradi. Asosiysi, mehnat qilishda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang. Moliyaviy masalada ba’zi to‘siq va muammolarga duch kelishingiz mumkin. Biroq bularni bartaraf etishning uddasidan chiqasiz. Oilali bo‘lsangiz, farzandlar tarbiyasi va ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish bilan jiddiy shug‘ullanmasangiz bo‘lmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bir nuqtaga tikilib ulkan orzular ummonida suzish sizga hech narsa bermaydi. Aksincha kuningiz ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun shu qadar cheksiz qudratga egasizki, har qanday murakkab vazifani ham xamirdan qil sug‘urgandek ado eta olasiz. Ishda esa mavqeingizni oshirish payida bo‘ling. Istasangiz, hozirgisidan yaxshiroq ish izlasangiz ham bo‘ladi. Kun davomida yangi uy sotib olishingiz yoki boshqa manzilga ko‘chib o‘tishingiz kutiladi. Salomatlikka loqaydlik bilan munosabatda bo‘lmasligingiz tavsiya etiladi. Kechqurun toza havodan to‘yguncha nafas oling. Xamirli ovqatlar yemang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 avgust kuni omadingiz keladi. Sizning rejalaringiz jufting ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanishingiz kerak. Jismoniy mehnat sizga faqat ziyon yetkazadi. Oila a’zolaringiz bilan munosabatlaringiz juda yaxshi saqlanadi. Demak, ular bilan birga sayohatga otlansangiz ham bo‘laveradi. Kechqurunga borib organizmingiz kuchli charchoqni his eta boshlashi mumkin. Shuning uchun asosiy e’tiborni dam olishga qarating. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, kun davomida juda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 avgust kuni o‘tgan haftad ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ish joyingizga kirib kelishingiz bilan birinchi navbatda rahbar qabuliga shoshiling. Shu bahonada anchadan beri miyangizda pishitib yurgan rejalaringiz haqiqatga aylansa ajab emas. Ishga ijodiy yondoshish bobida esa sizga o‘zingizdan ko‘ra tajribaliroq hamkasblarning maslahatlari zarur. Muhabbatda juftingizga nisbatan alohida mehr ko‘rsating, kam bo‘lmaysiz. Kechqurun toza havo sayrini unutmagan holda qolgan vaqtingizni yolg‘izlikda o‘tkazing.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 avgust kuni o‘zingiz yaqinda ranjitgan qarindoshingiz qarshisida uzr s ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
6 avgust kuni ertalabdayoq oilangizda negadir vaziyat keskinlasha boshlaganini his etasiz. Bu qondoshlarning bir-birini qaysidir masalada tushuna olmasligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Ammo siz aralashmang. Aralashsangiz, achchiq-tirsiqlar rosmana janjalga aylanib ketishi hech gap emas. Bundan ko‘ra pul topish, cho‘ntakni qappaytirish payida bo‘ling. Chunki bu yorug‘ dunyoda pulingiz bo‘lmasa hech kimsiz. Bugun sportning har qanday turi bilan shug‘ullansangiz ham xayrli kechadi. Salomatligingizni ehtiyotlang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduz ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
3 avgustda atrofdagilar bilan diplomatlarcha muloyim munosabatda bo‘lishingiz talab etiladi. Qo‘pol muomala sizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Garchi ertalabdan kayfiyatingiz yomon bo‘lsa-da, buni hech kimga sezdirmaslikka harakat qiling. Yoqimli xaridlar, ro‘zg‘or uchun o‘ta zarur ashyolar sotib olishda bugungi kun xayrli kechadi. Kechqurun ish yuzasidan safarga otlanishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ertalabdanoq ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qila boshlashingiz talab etiladi. Aks holda salomatligi ... Davomini o'qish »
0
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar dangasaligingiz tutmasa, bugun har qanday to‘siqlarni yengib o‘tib, ishlaringizni muvaffaqiyatli yakunlaysiz. Xudoning o‘zi anchadan beri xayolan puxtalab kelgan rejalaringiz amalga oshishida qo‘llab-quvvatlaydi. Odamlar bilan muloqotda tinglovchi vazifasini bajaring. Gapirgan taqdiringizda ham har bir aytayotgan so‘zingizni o‘ylab tilingizga ko‘chiring. Aks holda arzimagan gap tufayli katta janjalga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun 26 iyul kuni erta tongdayoq eski ... Davomini o'qish »
« 1 2 ... 6 7 8 9 »