Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Munajjimlar bashorati: 12 fevral kuni yulduzlarga Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Автор: MASSARIкатегория: Munajjimlar bashoratiдата: 22.02.2019
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Atrofdagilar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarni ishga soling. Ayniqsa, anchadan beri arazlashib yurgan odamlar bo‘lsa, ularning ham ko‘ngliga yo‘l toping. Yon berishga moyil bo‘ling. Shaxsiy hayotingizda ham rosmana drama yuzaga kelishi kutilmoqda. Yana yon berishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz janjalli vaziyatlarga barham bera olmaysiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Asabni asrang. To‘g‘ri ovqatlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 fevralda siz yaqinlaringizning yordami, qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezasiz. Bu ham pul, ham ruhiy masalada bo‘lishi mumkin. Ishxonangizdagi hamkasblar orasida ham kimdir sizning obro‘yingizni to‘kishga harakat qilib ko‘radi. Lekin uddasidan chiqa olmaydi, ishoning. Qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi bo‘lmish hamkasb esa aksincha muhabbatingizni qozonish harakatida bo‘ladi. Oilali bo‘lsangiz, bunga darhol barham berishingiz tavsiya qilinadi. Ayrimlar shaxsiy avtomobilida olis safarga otlanishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tadbirkorlardan kimdir foydali shartnoma imzolashi kutiladi. Biroq bu shartnoma hujjatlar bilan ehtiyotkorona ishlay olmaslik natijasida bekor qilinishi ham mumkin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ish doirasida qo‘shimcha bilim va malakaga ega bo‘lish amali bugun omadli kechadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun oldindan o‘ylab qo‘yilgan usullarni qo‘llang. Tejamkorlikka alohida e’tibor qarating.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 fevral kuni yaqin o‘tmishga qaytib ish ko‘rishni xohlab qolasiz. Ammo bu harakatlaringiz naf bermaydi. Ishingiz doirasida ish bajarishning yangicha usullaridan unumli foydalaning. Muhabbatda oilasizlar bugungi kun bilan yashasinlar. Illyuziya sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling, ko‘ngil yozing. Ovqatlanish rejimini buzmang. Bu sizga qimmatga tushishi mumkin. Salomatligingizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling. Hasadgo‘ylarning nazaridan saqlaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun tabiatingizga xos barcha ilohiy qudratlardan unumli foydalanishingiz kerak. Atrofdagilarga nihoyatda muloyim munosabat yuriting. Jahldorligingiz o‘zingizga ziyon yetkazishi mumkin. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida daf’atan bo‘lg‘usi juftini uchratib tanishishlari kutiladi. Biling, bunday lahzalarda sergaklik va romantika muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy muammolarni qarindoshlar ko‘magidagina bartaraf eta olasiz. Lekin bunga ham ulgurasiz. Shunisi asosiy masala, to‘g‘ri emasmi?

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 fevralda yaqin o‘tmishda qolib ketgan muammolarga e’tibor qarating. Bu narsa ko‘p vaqtingizni va kuchingizni o‘g‘irlashi mumkin. Lekin arziydi. Anchadan beri qaysidir bajargan ishingiz uchun mo‘may daromad kutayotgandingiz. Bugun kutilgan lahzalar yaqinlashadi va siz daromadga ega bo‘lasiz. Tashabbuskorlik asosiy ishingiz masalasida sizga yuqori lavozim hadya etishi mumkin. Faqat qat’iyatni yo‘qotmang. Ugina sizni ezgu maqsadlarga yetkazadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Qay ishga qo‘l urmang, hatto, pul masalasida ham sira ikkilanmasdan tavakkal qilishingiz tavsiya etiladi. Keyin shoshilinch ish boshlang. Uzoq o‘ylash, mulohaza qilish muvaffaqiyatsizlikdan boshqasini hadya etmaydi. Oilasizlar ham muhabbatda erkin, o‘zlariga qattiq ishongan holda harakatlar sodir etishlari talab qilinadi. Bo‘lg‘usi juftingizga bo‘lgan munosabatlar qaynab turishi lozim. Shundagina sizga bo‘lgan mehr-muhabbati ham qaynoq kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
12 fevral kuni yaqin do‘stlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Achinarlisi, bo‘lmagan bir gapning orqasidan janjal kelib chiqadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun vijdon va diyonat bilan kelishuvga erishishingiz lozim. Masalaga vijdonan, adolat bilan yondashsangiz, Yaratganning o‘zi sizni mukofotlaydi. Bundan tashqari, pul topishda qonunga xilof ishlar qilmasligingiz tavsiya etiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Qaysi sohada ishlashingizdan qat’i nazar oshkora raqobatdan qoching. Agressivlik sizga foyda bermaydi. Aksincha muvaffaqiyatsizlikka yuz tutasiz. Bajaradigan har bir ishingizga mas’uliyat bilan yondashing. Ish-da, baribir bilib-bilmay xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Nari borsa, bu xatoliklar uchun mukofotdan mahrum etishlari mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
12 fevralda xarakteringizga xos ojiz jihatlarni birovga ko‘rsatmang. Sizga g‘iybatchi, hasadgo‘y, ko‘ngli qoralar nazari tushganligini unutmang. O‘shalarning nazaridan saqlaning. Moliyaviy masalada qat’iyat bilan qarorlar qabul qiling. Agar kimlardandir qarzingizni undirishga bel bog‘lasangiz, qat’iyatsizliksiz bu ishni amalga oshira olmaysiz. Olis safarga chiqmang. Yo‘llarda xavf ta’qib eta boshlashi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun kunning birinchi yarmida sizni kutilmagan lahzalar qurshab oladi. Bu ish bilan ham, muhabbat bilan ham bog‘liq. Har bir ishni ado etishda uddaburonlik bilan harakatlar sodir eting. Busiz ko‘ngilsizliklardan boshqasiga duch kelmaysiz. Salomatlikka ham ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling. Ekzotik taomlar iste’molidan voz keching. Aynan shu taomlardan zaharlanishingiz xavfi bor. Kechqurun ayrimlarning xonadonida oilaviy bayram tashkil etilishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
12 fevral kuni o‘z-o‘zingizga tanqidiy ko‘z bilan boqa boshlaysiz. Bu yaxshilikka albatta. Atrofingizdagilar ham bu ishingizni ko‘rib qoyil qoladi. Ammo bu holat uzoq davom etishi kerak emas. Hayotga real ko‘z bilan qarang. Shaxsiy hayotingizda ko‘ngilsiz hodisalar yuz bera boshlashi mumkin. Biroq ko‘ngilsizliklar xudoning qudrati bilan barham topadi. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a kutib turadi.

Теги: Munajjimlar bashorati

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]