наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati (2017, 2018)
23:27
Munajjimlar bashorati: 12 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun hech qanday yangi harakatlar sodir etmang. Aks holda ikkinchi darajali ishlar haqida unutasiz. Vaholanki, aynan o‘sha ishlar sizga moddiy manfaatdorlik keltiradi. Juftingiz, tanlaganingiz bilan rasmiy ohangda gaplashmang, munosabatlarga putur yetishi mumkin. Oldin ichki tuyg‘ularingizni ko‘zdan o‘tkazing, ana undan keyin kerakli xulosalar yasashingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari mumkin. Moliyaviy masala ham kechqurun ijobiy hal bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Mabodo olis safarga jo‘nashni rejalashtirgan bo‘lsangiz, 12 yanvar kuni bu ishni amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Barcha yo‘llar ochiq, muvaffaqiyat va omad siz tomonda. Juftingiz arzimas gapga ham arazlab qolaveradigan bo‘lsa, u bilan juda ehtiyotkorlikda muloqot qiling. Munosabatlarni mustahkamlash uchun rashk ziyondan bo‘lak narsani hadya etmaydi. Aql bilan ish ko‘ring. Kechqurun juftingiz sizni o‘zingiz suygan mazali taom bilan siylamoqchi, do‘ppini osmonga otavering.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

12 yanvarda ertalabdayoq oldingizga aniq maqsadni qo‘ying-da, shu maqsad yo‘lida dadil qadam tashlang. Albatta zafar quchasiz, ishoning. Ishda sovuqqon bo‘ling. Bu ish unumini oshiradi. Telefoningizga juda muhim xabar kelib tushishi mumkin. Biroq bu xabarni inkor eting, u sizga foyda bermaydi. Kechqurun suzish mashqlari bilan shug‘ullaning, sportning faol turlari bilan band bo‘ling. Juda bo‘lmasa, do‘stlar bilan muloqot qilib ko‘ngiz yozing. Toza havoda sayr qilishni unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oila qurmaganlarning ba’zilari bir ko‘rishda muhabbat savdosiga duch kelishadi. Bu hodisa shunchalar kutilmaganda, favqulodda sodir bo‘ladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Shunchalar o‘zingizni baxtli his etasizki, go‘yo yettinchi osmonlarda sayr qilasiz. Iloyim baxtingizga hech qachon ko‘z tegmasin. Iloyim baxtingizning umri uzun bo‘lsin! Ishxonangizda ishlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ammo barchalarini ko‘ngildagidek uddalay bilasiz. Hatto bu ishlar uchun rahbarlardan mukofotini ham olasiz. Buyursin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

12 yanvar kuni yolg‘onlar, firib quliga aylanib qolsangiz, xudo ko‘rsatmasin, me’yorlar buziladi. Shubhasiz, bularning barchasi sizga haddan ziyod ziyon yetkazadi. Xudo ko‘rsatmasin! Yangi kasb sir-asrorlarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun bugungi kun xayrli kechadi. Moliyaviy masalada omadingiz kelmaydigan ko‘rinadi. Shuning uchun tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Bu sizga suv va havodek zarur. Kechqurun sport bilan shug‘ullanmang, organizmingiz jismonan zo‘riqishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Tadbirkorlarning savdosi, ishlab chiqarish, tijoratdagi barcha boshlagan ishlari omadli kechishi kutilmoqda. Natijalar siz kutgandek kechadi. Shaxsiy hayotda juftingizga yo tanlaganingizga o‘zingizning haqligingizni isbotlashga urinmang. Bu janjalga aylanib ketishi mumkin. Bu taxlit suyganingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlab bo‘lmaydi. Ro‘zg‘ordagi kemtiklarni to‘ldirish yo‘lidagi ishlar baroridan keladi inshoolloh. O‘zingizni ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikning qadriga ko‘proq yeta boshlasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

12 yanvar kuni shaxsiy muammolarni bartaraf etishga bir daqiqa ham vaqt topa olmasligingiz mumkin. Kunning yarmiga boriboq ishxonadagi yumushlardan charchaganingizni his eta boshlaysiz. Hasadchilar, sizni ko‘ra olmaslar bu vaziyatdan unumli foydalanib qolmasliklari uchun sergak turing, charchoqlarga erk bermang. Hasadchilar ishxonangizda, hamkasblar orasida. Tafakkuringizga suyangan holda xayrli harakatlarni sodir etishdan to‘xtamang. Shaxsiy hayotingiz inshoolloh osuda, sokin va qiziqarli kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun dam olishga e’tibor qaratsangiz foydadan xoli bo‘lmasdi. Do‘stlarni yoningizga olib tabiat qo‘yniga yo‘l olsangiz ham ziyon bo‘lmaydi. Siz ish joyingizdagi bajarilishi zarur bo‘lgan barcha yumushlarni qoyillatib bajarib bo‘lgansiz. Endi nafas rostlashga, salomatlik haqida qayg‘urishga haqlisiz. Bugun sport musobaqalarida ishtirok etish, suzish, yoga bilan shug‘ullanish foydali va muvaffaqiyatli kechadi. Asablarni joyiga keltirib olsangiz ham ortiqchalik qilmasdi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

12 yanvarda tez fursatda do‘ndirishingiz kerak bo‘lgan ishlar qalashib yotibdi. Shuning uchun bo‘lar-bo‘lmas yumushlarga vaqt ajratib ovora bo‘lmang. Oilangiz haqida qayg‘uring, juftingizning, tanlaganingizning ko‘nglini oling. Bugun yangi kasb egallash yo‘lida bilim olayotganlarning, bemorlarning g‘amini Yaratgan aritadi inshoolloh. Ayniqsa, bemorlarimiz tuzalish pallasiga kirib yaqinlarining ko‘ngillarini tinchlantirishadi. Kechqurun albatta sport bilan shug‘ullaning. Yolg‘iz qolib kelajak rejalarni puxtalab oling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Kunning birinchi yarmida qiziqarli uchrashuvni boshdan kechirishingiz kutiladi. Bu uchrashuv rejalaringizdan tortib shaxsiy hayotingizgacha o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ha, siz tanishgan inson juda aqlli, sizga nisbatan tajribali bo‘lib chiqadi. Muhabbatda muloyim bo‘ling. Aziz insoningizga hecham qattiqqo‘llikni namoyish etmang. Prinsiplarni vaqtincha bo‘lsa-da, unuting, xudodan faqat ezguliklar so‘rang! Inshoolloh niyatingizga Yaratgan egamning o‘zi yetkazadi!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

12 yanvarda barcha hodisalarga nisbatan agressiv kayfiyatda bo‘lasiz. Ammo bu kayfiyat katta janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zingizni yaxshi tuting, har bir gapingizdan madaniyatlilik, estetika ufurib tursin. Xotirjamligingizni izdan chiqarmoqchi bo‘lganlarga qarshi mardona kurashing. Oilasizlar hayotida yorqin tanaffuslarni, yangi romantik tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Sog‘liqni saqlash hech qachon yodingizdan ko‘tarilmasin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun shaxsiy sirlaringiz, ayniqsa, moliyaviy sirlaringizni duch kelganga so‘zlayverishdan tiyiling. Odamlar orasida hasadga qul bo‘lgan kimsalar yetarlicha topiladi. Ish jarayonida turli eksprementlar o‘tkazishdan nari bo‘ling. Siz bunday amallarga ruhan tayyor emassiz. Agar his-tuyg‘ularni jilovlay olsangiz, rahbariyat bilan muloqotda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasangiz, tez fursatda martabangiz ortishi turgan gap.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 693 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]