наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati
23:46
Munajjimlar bashorati: 13 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yulduzlar kuch-quvvatga to‘la bo‘lishingiz va kun davomida ish bilan band bo‘lishingizni bashorat qilishmoqda. Yangi kasb sirlaridan voqif bo‘lish, bilim olish va xizmat safariga borish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz-u, yaqinda bo‘lg‘usi juftingizni uchratgan bo‘lsangiz, kechqurun sizni navbatdagi romantik lahzalar kutib qoladi. Kechqurun oilalilarning moddiy ahvoli yaxshilanishi mumkin. Kimdir sizdan olgan qarzini qaytarishi mumkin. Pullarni uy ta’miri va ro‘zg‘or ikir-chikirlari uchun saqlab qo‘ying.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 martda birinchi o‘rinda mayda-chuyda yumushlarni bajarish harakatida bo‘ling. Chunki ulargina yaqin kelajakda sizga moddiy manfaatdorlik keltirishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm surishi kuzatiladi. Muhabbatdan o‘zingizni olib qochmang. Garchi siz uchun juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz ideal hisoblanmasa-da, bardosh qiling. Kunning ikkinchi yarmida anchadan beri sizni qiynab kelgan muammolar ijobiy hal etilishi ehtimolga yaqin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga hal etishni xohlasangiz, tafakkurning imkoniyatlarini kengaytirishingiz, qalb sadosi emas, tajribali insonlar maslahatiga quloq tuting. Aks holda asosiy ishlarni bajarish yo‘lida bir qadam ham oldinga yura olmaysiz. Yangi ish topish fikridan bugun yiroq bo‘ling. Kechqurun tanishlar sizga serdaromad ish taklif etishlari mumkin. Omadingizni bersin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 mart kuni bir qator yoqimli xabarlar eshitasiz. Har jihatdan mukammal insonlar bilan tanishasiz. Ayrim tilaklaringiz haqiqatga aylanishiga guvoh bo‘lasiz. Ammo yodda tuting, ichki sirlaringizni duch kelgan odamga aytavermang. «Chap ko‘z o‘ng ko‘zga oshno bo‘lmaydi», degan gaplar bor. Salomatligingizni mustahkamlash vaqti yetdi. Immunitetni mevalar yordamida ko‘tarish imkoni bor. Asosiysi, optimistga aylaning. Hayotga real ko‘z bilan boqing. Shunda salomatlikni saqlash uchun dori-darmonlarga zarurat qolmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz juda omadli kechadi. Kayfiyatingiz a’lo darajada, ishlaringiz baroridan kelishni kanda qilmaydi. Hatto do‘stlar bilan telefon orqali suhbatlashishga ham vaqt topasiz. Oila a’zolaringiz maslahatlariga quloq tuting. Ro‘zg‘or muammolarini ham ish orasida bartaraf etishga harakat qiling. Juftingiz bilan orangizda janjal kelib chiqish ehtimoli sezilmoqda. Yon bering, vassalom. Kuningiz totli va qiziqarli o‘tsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 martda qaysi masala ko‘ndalang bo‘lmasin, o‘zingiz bir qarorga kelishingiz kerak bo‘ladi. Do‘stlar, tanishlar, hamkasblar yordami ish bermaydi. Hasadgo‘y, ichi qoralar ta’siriga aslo tushib qola ko‘rmang. Agar hisob-kitobni qoyilmaqom tarzda tashkillashtira olmasangiz, moliyaviy muammolarni bartaraf etishda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Xarajatlarni vaqtincha ortga suring. Shunda kissangiz pulsiz qolib xunob bo‘lmaysiz. Yaqinlaringizni tashqi xavflardan ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar atmosferadagi magnit bo‘ronlariga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rib qo‘yishlari talab qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tadbirkorlar muhim uchrashuv va kelishuvlar, majlislarni kunning ikkinchi yarmiga surishlari zarur. Yo‘qsa, bu narsalar asosiy ishlarni bajarishda xalal berishi turgan gap. Omadga erishishingizda ochiqchasiga xalal berayotganlardan saqlaning. Basharti ular kimligini aniqlay olsangiz, imi-jimida qonunni buzmagan holda ularga qarshi kurashish ham ortiqchalik qilmaydi. Moddiy jihatdan bugun sizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Salomatligingiz yaxshi, ishtahangiz karnay bo‘ladi. Yoqimli ishtaha!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
13 mart kuni yangi ishlarni bajarishga kirishishda hamkasblar maslahati asqotadi. Qolaversa, bor iste’dodingizni ishga solib ishlarni muddatidan oldin bajaring. Ishxonangizda obro‘yingiz oshadi, kissangiz pulga to‘ladi. Eski qarzlarni undirish, ish yuzasidan yangi kelishuvlarga erishish va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish bugun xayrli kechadi. Moddiy masalada ba’zi muammolarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Kechqurun uyda va yolg‘izlikda vaqt o‘tkazing.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Pul masalasida ochko‘z bo‘lmang, muhabbatda yengil fikrlamang. Omadli va baxtli insonga aylanishni xohlasangiz, jamiyatdagi o‘rningizni oldingi qatorlarga ko‘chirib o‘tkazishingiz kerak. Shaxsiy hayotda to‘siqlar yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lmaydi. Ko‘ndalang bo‘lishga ulgurmaydi. Bugun yangi lavozim va martabaga erishish uchun harakat qilib yurmang. Bu urinishlar sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etadi xolos. Yo‘lingiz oydin kechsin!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
13 martda professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizga taalluqli ajoyib taklif tushadi. Ajablanarlisi, taklif kiritgan odam ilgari sizni ko‘ra olmagan, doimo sizga hasad qilib kelgan kimsa bo‘lib chiqadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kun bo‘yi bir odam bilan tanishishingiz mumkin. U bilan orangizda romantik tuyg‘ular paydo bo‘ladimi-yo‘qmi, bunisi hozircha qorong‘u. Ammo u bilan oson til topishasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatni tanlab-tanlab iste’mol qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Bu harakatlar sizni boshi berk ko‘chaga olib kiradi. Emotsiyani nazoratda ushlay olmasangiz, bu katta janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. Moliyaviy muammolarga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘ling. Bo‘lmasa, mukofot va bonuslardan quruq qolasiz. Kechqurun ayrim do‘stlar uy ta’miri bilan shug‘ullanishlari kutilmoqda. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang. Bu salomatligingiz uchun juda muhim.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 mart kuni pul masalasida juda abjirga aylanasiz. Bir so‘m pul ham sizning ta’qibingizdan qochib qutula olmaydi. Hatto, do‘stlar va tanishlar ham sizga qoyil qolishdan bo‘lak iloj topa olishmaydi. Kechqurun aqlli, obro‘li insonlar bilan muloqot qilishga urinib ko‘ring. Sog‘lig‘ingizni ham nazoratda ushlang. Mabodo o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, vrach ko‘rigiga choping.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 1091 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]