Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Munajjimlar bashorati: 20 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Автор: MASSARIкатегория: Munajjimlar bashoratiдата: 05.03.2021
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Ham ish, ham romantika masalasi ko‘pchilik bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Faqat kim do‘st, kim dushmanligini chalkashtirib yubormang. Moliyaviy sohada bugun muvaffaqiyatlarga erishasiz. Katmoningiz pulga to‘ladi inshoolloh. Orzuingizdagi buyumlarni sira o‘ylanmasdan xarid qilishingiz, yana picha pulni yaxshi kunlar uchun asrab qo‘yishingiz ham mumkin. Kechqurun salomatlik haqida alohida qayg‘uring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

20 iyul kuni muhim hujjatlarga imzo qo‘yishingiz mumkin. Imzo qo‘yayotganda, bu hujjat bilan obdon tanishib chiqishni unutmang. Xususiy mulk, meros va soliq to‘lash bilan bog‘liq amallar bugun omadli va xayrli kechishi kutilmoqda. Faqat kun davomida ishlaringiz azbaroyi ko‘p bo‘lganidanmi, holsizlik tanangizga hukmronlik qilishi mumkin. Yaxshilab dam olsangiz o‘tib ketadi. Yoki basseyningiz bo‘lsa, cho‘milib chiqsangiz ham holsizlik ortga chekinadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kuningiz sirayam zerikarli kechmaydi. Zerikishga vaqtingiz ham bo‘lmaydi. Kun bo‘yi qayerlargadir ish bilan borib kelishingiz, kimlar bilandir uzoqdan-uzoq gaplashishingiz kutiladi. Tushlik qilishni esdan chiqarib qo‘ymang. Aks holda gastrit orttirib olishingiz hech gap emas. Moddiy ahvolingiz keragidan-da ortiqroq yaxshi bo‘ladi. Qachonlardir sizdan qarz olgan do‘stingiz nihoyat qarzini qaytaradi. Kechqurun juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishni niyat qilgan.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

20 iyul negadir xarajatlardangina iborat bo‘lishi kutilmoqda. Bu qarzlarni uzish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish, ro‘zg‘or uchun buyumlar xarid qilish kabilar bo‘lishi mumkin. Lekin zahirangizda pul yo‘q emas. Shunday ekan, qora qozon qaynashdan to‘xtamaydi xudo xohlasa. Oila qurmaganlar kelishgan bir inson bilan tanishishlari mumkin. Ilk suhbat ob-havoning keskin isib ketishi haqida borishi ehtimolga yaqin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Organizmni jismoniy zo‘riqishga yo‘liqtirishdan saqlaning. Xudo ko‘rsatmasin, sportdami, ishdami imkoniyatlaringizni noto‘g‘ri baholab, jismoniy zo‘riqishga duch keladigan bo‘lsangiz, kasalxonaga tushib qolasiz. Moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishida badavlat do‘stlardan biri yordam ko‘rsatadi. Ishqilib, badavlat do‘stlaringiz ko‘payaverishsin. Qo‘shimcha daromadli ish topish ham ortiqchalik qilmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

20 iyul kuni oilaviy hayotingizda ba’zi tashvishli lahzalar kuzatilishi mumkin. Biroq ish joyingizda buning aksi bo‘ladi. Juftingiz bilan janjallashib qolgan bo‘lsangiz, sira tashvishlanmang. Kechqurun uning o‘zi birinchi bo‘lib uzr so‘raydi va shu bahonada yarashib olasizlar. Jismoniy mehnat va sportning faollik talab etuvchi turlari bilan shug‘ullanmang. Bo‘g‘imlarda muammoga duch kelasiz. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kun davomida ehtiyotkorlikni shior qilib olishingizga to‘g‘ri keladi. Bu bajaradigan ishingizdan tortib yuradigan yo‘lingiz, sodir etadigan barcha harakatlaringiz bilan bog‘liq. Ehtiyot bo‘lmasangiz, oddiy bir kursini boshqa joyga olib qo‘yishda ham jiddiy jarohat olishingiz hech gap emas. Velosiped sayri, yoki bu transport turida uzoq manzillarga borishdan voz keching. Halokatga uchrashingiz xavfi bor.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

20 iyul kunning birinchi yarmidayoq allaqachonlar aloqani uzib qo‘ygan qadrdonlar bilan munosabatlarni tiklash baxtiga muyassar bo‘lasiz. Ish masalasida ba’zilar noldan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashlari kutiladi. Qaysidir yirik loyihaga pul tikishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu rejani ortga sura turing. Oldin muhim hujjatlarni taxt qilib olishingiz zarur. Kechqurun chayon burji ostida tug‘ilganlarning ba’zilari yaqin qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ko‘zguga ertalab bir nazar tashlab oling. Agar tashqi ko‘rinishingiz o‘zingizga yoqsa, yaxshi, mabodo yoqmasa, darhol bu kamchilikni tuzatishingiz lozim bo‘ladi. Bu asosan qiz-juvonlarga tegishli bo‘lib, kunduzi kosmetolog huzuriga chiqib kelish ham ziyon qilmaydi. Oila qurmaganlarga kunning ikkinchi yarmida romantik lahzalar nasib etadi. Bu lahzalar abadul-abad xotirangizga muhrlanib qolishi tayin. Xayriyat, nihoyat orzuingizdagi ideal insonni uchratasiz! Baxtli bo‘ling!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

20 iyul kuni atrofdagilarning muammolarini hal qilish uchun vaqt sarflagandan ko‘ra, o‘zingiz haqingizda ko‘proq qayg‘uring. Pul ko‘paytirish taraddudida bo‘ling. Buning uchun sizga barcha imkoniyat eshiklari ochiq. Agar moliyaviy masalada daf’atan va ilkis harakat sodir etsangiz, ijobiy natijaga kutilganidan oldinroq erishasiz. Kechqurun oilada asqotuvchi qimmatbaho uskuna sotib olishingiz kutilmoqda. Toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz kutganingizdek haddan tashqari quvonchli kechmasa-da, janjallar, ko‘ngilsizliklar ham ko‘zga tashlanmaydi. Faqat pul yetishmasligidan biroz ranjishingiz, tashvishga tushishingiz mumkin. Vaziyatni o‘z foydangizga hal qilish mumkin. Ammo bu ishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring. Birovlardan katta miqdorda qarz ko‘tarib qo‘ymang. Kechqurun sizni bir inson bilan yoqimli uchrashuv kutib turadi. Vaqtingiz xayrli kechsin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

20 iyulda baliq burjida tug‘ilganlar yaqinlaridan biri ularga ilgarigidan ham ko‘proq e’tibor qarata boshlaganini sezib qolishadi. Bu mehr-oqibatni qadrlashingiz kerak. Tabiat qo‘ynida dam olib qaytish, filmlar tomosha qilish, kechqurun teatrga tushish kabilar maroqli kechadi. Xullas, vaqtingizni qancha madaniyatli o‘tkazsangiz, salomatligingiz ham shuncha yaxshilana boradi. Vrach qabuliga chopishga hojat qolmaydi.

Теги: Munajjimlar bashorati

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]