Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Munajjimlar bashorati: 25 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Автор: MASSARIкатегория: Munajjimlar bashoratiдата: 04.03.2021
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun atrofdagilar va professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarga nisbatan xotirjam munosabatda bo'ling. Shu jumladan, o'ta faol bo'lishingiz ham talab etiladi. Shaxsiy hayotingizni yanada yaxshilash uchun bugun qulay imkoniyatlar tug'iladi. Faqat ularni o'z vaqtida ilg'ab ola bilsangiz bas. Ro'zg'oringizda muammolar tug'ilgan bo'lsa, uni juftingiz bilan birgalikda bamaslahat bartaraf etishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

25 avgust kuni yo ish, yo shaxsiy hayotni tanlashingiz lozim bo'ladi. Ikkala tomonda ham muammo yetarlicha topiladi. Lekin ishga bormasangiz, moddiy ahvolingiz yaxshilanmaydi. Yana yaxshilab dam olishni xohlab qolishingiz mumkin. Biroq kun davomida siz istagan vaziyatlar yuzaga kelavermaydi. Hayot ichida qaynashingizga, goh ranjib, goh quvonishingizga to'g'ri keladi. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlaringiz haqida yoqimli xabar eshitishingiz mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun hayotingizda yorqin lahzalar ko'p bo'lishi kutilmoqda. Lekin ularning har biri sizdan e'tibor talab qiladi. Shuni unutmasligingiz lozim. Kunning ikkinchi yarmida jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yishdan saqlaning. Shaxsiy hayotingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa, to'ladigan darajaga yetkazish harakatida bo'ling. Sog'lig'ingizni ehtiyot qiling. Ba'zi do'stlarimiz kechki payt holsizlanish, bosh og'rishi kabi yoqimsiz holatlarni boshdan kechirishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

25 avgustda hayotdan nolishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Muammo, tashvish hammada bor. Sizga ularni bartaraf etishda yaqin tanishlar bajonidil yordam berishadi. Aniqrog'i, o'zingiz yaqindagina tanishgan odamning yordami beqiyos bo'ladi. Biroq moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda o'z kuch va imkoniyatlaringizgagina suyaning. Agar pulsiz qolib ketishni xohlamasangiz, harakatingizni qiling. Bu yo'lda hech kimni ranjita ko'rmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ramziy ma'noda aytganda, bugungi kuningiz quyoshli kechadi. Bu quyosh taftidan huzur qilishingiz, tabiat qo'yniga chiqib dam olishingiz mumkin. Umuman aytganda, kunni o'zingiz xohlagandek rejalashtirishingiz mumkin bo'ladi. Yo'l-yo'lakay do'stlar, hamkasblar bilan sen-menga borishingiz ehtimoli ham yo'q emas. Ammo ular tez orada o'z o'rnini topib ketadi. Kunning ikkinchi yarmida ruhiy xotirjamlikka alohida o'rin bering. Kerak bo'lsa, yolg'iz qoling. Lekin asabiylashishni xayolingizga ham keltirmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

25 avgust kuni ishxonadami, uydami, ko'chadami, qulay imkoniyatlar tug'ilsa bas, hali hech kimga ma'lum bo'lmagan iste'dodingizni namoyish eta boshlang. Tortinib, andisha qilib o'tirsangiz, shunday qolib ketaverasiz. Mag'rurlikni ham kerak bo'lsa bir chetga yig'ishtirib qo'ying. Ishxonada har qanday ko'rinish va hajmdagi loyihalar majburiyatini o'ylanmasdan o'z zimmangizga oling. Albatta uddalaysiz. Kechqurun kimdir qo'lingizga katta pul tutqazishi mumkin. Ishqilib, bu ham haqiqatga aylansin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kun avvalidanoq muhim qarorlarni yoningizda ishonchli, ko'ngli toza odam bo'lsagina qabul qilishga kirishing. Duch kelganga ishonib ketaversangiz, omadga erisha olmasligingiz mumkin. Mavqeni oshirish pallasi hali yaqinlashmadi. Bunga qadar hali ko'p ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Oilasiz bo'lsangiz, muhabbatda sizga faqat qalbingiz yordam bera oladi. O'zgalar maslahatiga quloq tutib xatoga yo'l qo'ymang. Oilalilar esa jufti bilan bamaslahat ish ko'rsinlar.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

25 avgust kuni ertalabdanoq ko'pchilik o'zining ichki dunyosiga g'arq bo'lgan ko'yi o'zi bilan o'zi ovora bo'lishi mumkin. Unda tashqi dunyo yumushlarini qachon qoyillatasiz? Qarang, agar ayol bo'lsangiz, tashqi ko'rinishingizga e'tibor qaratishingiz lozim. Erkak bo'lsangiz, uydagilarning hayotini gulzorga aylantirish vazifasi zimmangizda turibdi. Demak, ichki dunyoga g'arq bo'lishni boshqa paytga qoldirib turishingiz zarur. Bugun moddiy ahvolingiz juda yaxshi. Bemalol yoqimli xaridlarni amalga oshirish imkoniga egasiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar bugun kunning birinchi yarmida oilasizlardan kimdir sevgan insoni bilan uchrashishini bashorat qilgan. Faqat bu uchrashuv siz yashaydigan joydan ancha narida sodir bo'lishi mumkin. Siz shunday insonni bir umr orzulagandingiz. Mana, orzuingiz haqiqatga aylanadigan bo'lib turibdi. Moliyaviy masalada ham aslo tashvish chekmang. Hammasi siz o'ylagandan ham yaxshi bo'ladi. Olisda yashaydigan qarindoshlar bilan kechqurun qo'ng'iroqlashishingiz tavsiya etiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

25 avgustda o'zingizga bo'lgan ishonch, qat'iyatliligingiz, prinsiplarga sodiqligingiz hamkasblarni ham hayratdan yoqa ushlashga majbur etadi. Siz kun davomida shu qadar berilib ishlaysizki, hech qanday kuch sizni majburan to'xtatib qola olmaydi. Faqat ayg'oqchi va hasadgo'ylar nazariga tushib qolishdan ehtiyot bo'ling. Aks holda barcha harakatlaringiz, ter to'kishlaringiz behuda ketadi. Sog'lig'ingiz pand bermasligi uchun bugun organizmni jismonan zo'riqtirishdan saqlaning.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar kuningiz tom ma'noda baxtli va omadli kechishini bashorat qilgan. Oilasizlar o'z idealidagi insonni qidirish yo'lida jonbozlik ko'rsatishlari mumkin. Lekin ehtiyot bo'ling. Ehtiyotsizlik oqibatida butun hayotingizni zaharlashga qodir odamni tanlab qo'ymang. Kunning ikkinchi yarmida kimlardir xizmat safariga otlanishi mumkin. Yana kimlardir olisdan mehmon bo'lib kelayotgan qarindoshini qarshi olish harakatida bo'lishi kutiladi. Uxlashga yotishdan oldin iloji bo'lsa qatiq iching. Qatiq tushlar yoqimli va ravon kechishini ta'minlaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

25 avgust kuni ruhan qandaydir bayramni tusay boshlashingiz kuzatiladi. Shu qadar xohlaysizki, sizni to'xtatib qolishning imkoni bo'lmaydi. Lekin buyoqda ish masalasi ko'ndalang turadi. Demak, bayramni ishdan keyinga qoldirishingizga to'g'ri keladi. Tadbirkorlardan kimdir kechga yaqin qachonlardir birgalikda o'zi ish boshlagan inson haqida yoqimli xabar eshitishlari mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

Теги: Munajjimlar bashorati

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]