наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati
02:59
Munajjimlar bashorati: 29 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Janjalli vaziyatlarda qolib ketishni xohlamasangiz, har bir gapingizni oʻylab gapiring va qadamingizni ham oʻylab bosing. Oʻta asabiylik atrofdagilarning nafsoniyatiga tegishi va shuning oqibatida koʻngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Oilaviy hayotingizda ham qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Yaxshisi, qon-qardoshlarga yon bering. Yetakchilik qilishga, soʻzingizni oʻtkazishga urinmang. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

29 sentyabrda shaxsiy hayotingizga alohida eʼtibor bilan qarashingizga toʻgʻri keladi. Imkon topsangiz, juftingiz yo boʻlgʻusi juftingizga kutilmagan sovgʻalar hadya eting. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda jiddiy toʻsiqlarga duch kelmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida roʻzgʻor uchun zarur buyumlar xarid qilishingiz, uy taʼmiri bilan shugʻullana boshlashingiz kutiladi. Kechqurun oila davrasida dam olganingiz maʼqul. Salomatlikni ham unutib qoʻymang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun u ishdan bu ishga sakrab ovora boʻlmasligingizni maslahat beradi. Bu bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Shaxsiy hayotingizda siz uchun optimizm juda kerak boʻladi. Oilasizlarning ayrimlari boʻlgʻusi juftini tanlashda biroz xatolikka yo shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻygan koʻrinadi. Tanlaganingiz ikkiyuzlamachilikda ustasi farang shekilli. Buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Voz kechasiz-u, haqiqiy muhabbatingizni qidira boshlaysiz.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

29 sentyabr kuni barcha ishlarni oʻz kuchingiz va imkoniyatlaringizga suyangan holda amalga oshirasiz. Birovlardan yordam soʻraganingiz bilan ular koʻngildagidek yordamchi boʻla olishmaydi. Agar ishxonada moʻmay mukofot egasiga aylanishni istayotgan boʻlsangiz, ishning katta-kichigiga qarab oʻtirmang. Kechki payt charchoq yengibmi stress holatiga tusha boshlashingiz kutiladi. Yolgʻiz qolib dam oling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar sizga kunning birinchi yarmida kutilmagan sovgʻalar hozirlab qoʻyishgan. Bu sovgʻani oila qurmaganlarga boʻlgʻusi juftining qoʻli yordamida topshirishmoqchi. Moddiy ahvolni yaxshilashda tafakkurni ishga solgan holda harakatlar sodir eting. Arzimas xato ham sizni qarz olishga majbur etishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish va uyqu rejimiga qatʼiy amal qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

29 sentyabrda kayfiyatingiz aʼlo darajada kechadi deyish mushkul. Ertalabdanoq nimadandir koʻnglingiz toʻlmasligi kuzatiladi. Hamma ishlarni birdaniga amalga oshirib tezroq dam olishga oshiqa boshlaysiz. Muhabbatda xayolot domida qolib ketmang va yaqin insoningizga haqiqatan yaqinligingizni amalda isbot eting. Bu kutilmagan sovgʻalar taqdim etish koʻrinishida ado etilishi ham mumkin. Har qanday vaziyatdan oʻz kuchingiz bilan chiqib ketishga harakat qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz omadli lahzalarga boy boʻladi. Pulning oʻzi kelib qoʻlingizga tusha boshlaganda, buni oʻzingiz ham anglab yetasiz. Sizdan koʻra koʻproq muvaffaqiyatlardan oʻzib ketishga urinmang. Taqdirda boriga shukr qiling. Anchadan beri mehnat taʼtiliga chiqishni moʻljallab yurgan boʻlsangiz, yana biroz kutishingizga toʻgʻri keladi. Kechqurun salomatlikni mustahkamlashga oid amallarni bajaring. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

29 sentyabr kuni tabiat qoʻynida dam olib qaytish ham xalal bermaydi. Togʻlarga chiqib dam olsangiz yanada yaxshiroq boʻladi. Shunda yangi ishlarni boshlashga oʻzingizda yetarlicha kuch topa bilasiz. Vaqti-vaqti bilan miyangizni kemira boshlovchi tushkun xayollarga erk bermang. Depressiya holatiga tushib qolishni xohlamasangiz, berilib ishlang. Ter toʻking. Ana shunda oshigʻingiz olchi boʻladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Erta tongda uyqudan uygʻongach, bugun kun boʻyi kechadigan hayotingizni rejalashtirib oling. Chunki xatoliklarga yoʻl qoʻysangiz, bu siz uchun qimmatga tushishi mumkin. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun esa qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish topishingizga toʻgʻri keladi. Eski qadrdonlarga maslahat solsangiz ham yomon boʻlmaydi. Ular sizga koʻmaklashib yuborishi mumkin. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlash harakatida boʻling.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

29 sentyabr kuni xohish-istaklaringiz koʻp boʻladi, ammo ularni haqiqatga aylantirish uchun imkoniyatlar yetishmasligi mumkin. Sizga bunday lahzalarda doʻstlar yoki yaqin qarindoshlar maslahati juda asqotadi. Kimdir puldan yordam qila olishini bildirsa, bosh tortmang. Kunning ikkinchi yarmida safarga otlanishingiz kutiladi. Bu safar sizga hech boʻlmaganda maʼnaviy lazzat baxsh etishi tayin. Kechqurun oila davrasida dam oling.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Erta tongdayoq eng muhim ishlarni amalga oshirib olishga harakat qiling. Bu ishlarni bajarishda sizga azaliy tajribangiz juda katta yordam beradi. Oila qurmaganlarning ayrimlari oʻziga yangi ishqiy sarguzasht topishi kutilmoqda. Ehtiyot boʻling. Agar ayyor va dogʻuli odamga tushib qolsangiz, yuzingiz shuvut boʻladi. Birovlarning ishiga, hayotiga aralashmang. Bu sizga ortiqcha gʻalva orttiradi xolos. Shundan boshqasiga yaramaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

29 sentyabrda muhim hujjatlar bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot boʻling. Qanday yoʻl tutasiz, bu oʻzingizning ishingiz, ammo moddiy ahvolingizni kechga qolmasdan yaxshilashingiz shart. Faqat qonunga xilof ish tutmasangiz bas. Shaxsiy hayotingizda koʻngilsiz vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Lekin bu tez fursatda oʻtib ketadi. Ayrimlar kechqurun bosh va oyoq ogʻrigʻidan shikoyat qilishi mumkin.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 466 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]