наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati
01:39
Munajjimlar bashorati: 30 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

30 iyul haftaning birinchi ish kuni bo‘lishiga qaramay, rejalaringiz bu yorug‘ dunyoga sig‘maydigan darajada ko‘payadi. Ayrimlar tashkilotda ishlab maosh hisobiga yashash joniga tekkan bo‘lsa, shaxsiy biznesini ochish harakatiga tushsalar ham bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda ham ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz. Oilasizlar ajoyib bir inson bilan tanishib qolishlari mumkin. U kelgusida taqdirdoshingizga aylansa ne ajab.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Oddiy tashkilotda ishlaydiganlar mavqei ortishidan umid qilaversalar bo‘ladi. Biznes kishilari esa raqobatchilar bilan olishib kun o‘tkazadi. Ammo yutqazish, yo‘qotish kabi yoqimsiz vaziyatlarga tushishmaydi. Agar siz rahbarlarning barcha topshiriqlarini so‘zsiz a’lo darajada ado eta bilsangiz, yuqori lavozimga tayinlashlari ham hech gap emas. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan suhbatlashishga albatta vaqt ajrating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

30 iyulda kun og‘irlik qilishi sabablimi, ishxonadagi rahbarlar bilan aytishib qolishingiz mumkin. Ammo bu ishni behuda amalga oshirasiz. Rahbarning ko‘ziga tik qarab so‘z qaytargan xodim hech qachon mavqe, yuqori lavozim va mukofotga loyiq topilmaydi. Tafakkurni ishga solgan holda kelajakka mag‘rur boqing. Zo‘r kelsa, do‘stlar maslahatiga suyaning. Kechqurun egizaklar burjida tug‘ilganlarning ayrimlari lotereyadan katta pul yutib olish ehtimoli bor.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Kuningiz og‘ir kechishi kuzatilishi mumkin. Hatto, sizni juftingiz o‘ylab topgan romantik lahzalar ham mamnun eta olmaydi. Vujudingizga stress holati hukmronlik qila boshlaydi. Faqat yodda tuting. Bunday kayfiyatda uzoqqa borish mushkul. Undan ko‘ra, qisqa muddatga bo‘lsa-da, yolg‘iz qoling, dam oling. Sport bilan shug‘ullaning, do‘stlar bilan birga tog‘larga chiqib keting. Nima qilsangiz qiling, ammo stressga yon bermang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

30 iyul kuni o‘zingizni o‘zingiz yolg‘izlik sari yetaklay boshlaysiz. Bunday kayfiyat azbaroyi charchaganingiz tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin. Mayli, odam yolg‘iz qolganda, mulohaza qilishi osonlashadi. Xatolarini yodga oladi. Ruhan o‘zini bardam etishga intila boshlaydi. Bu sizga faqat foyda beradi. Ko‘zlaringiz yumib, xotirjam torting, eng totli orzularga yo‘l bering. Ular sizni xayolning baland cho‘qqilariga olib chiqishadi. Ko‘ribsizki, qisqa fursatda kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Bugun olis safarga chiqish omadli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yulduzlar kuningiz ancha og‘ir kechishini bashorat qilishgan. Kunning birinchi yarmida sizda antipatiya hosil etadigan, niyati buzuq odamlar bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ayyorlikka e’tibor qarating. Undaylarni faqat ayyorlik bilan yengish mumkin. Pul masalasida qalbingiz emas, tafakkuringizga quloq tuting. Xarajatlarga zo‘r bermang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, o‘zingizni ehtiyot qiling. Dorilarni o‘z vaqtida iching. Zarur bo‘lsa, vrach ko‘rigidan o‘ting.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

30 iyul kuni oilasizlar yurish-turishida ajabtovurlik namoyon bo‘lishi kutiladi. Bu romantikaga zorligingizdan darak beradi. Unda atrofga boqing. Idealingizdagi insonni nigohlar yordamida qidirib toping. Albatta bugun omadingiz chopadi. U insonning ham sizga beparvo emasligini ko‘rasiz. Basharti xayolingizni ish va pul topish egallab qo‘yaversa, romantikani ham, muhabbatni ham bir chetga sura turing. Salomatlikni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kuningiz omadli kechishini yulduzlar allaqachon bashorat qilgan. Shuning uchun ertalab vaqtli uyg‘oning, jismoniy mashqlar bajaring, kontrastli dush qabul qiling. Ana shunda yulduzlarning bashorati haqiqatga aylanishi mumkin. Ish boshlashda ko‘z oldingizda faqat mo‘may daromad bo‘lmasligi kerak. Aks holda yutqazishlarga yuz tutasiz. Zimmangizdagi vazifani chin ko‘ngildan ado eta olsangiz, pulning o‘zi sizni qidirib keladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

30 iyulda ish borasida yangidan yangi g‘oyalar miyangizga quyilib kela boshlashidan quvonasiz. Lekin ehtiyotkorlik bilan oldinga yuring. Xatoga yo‘l qo‘ysangiz, bu xato butun kuningizga tatishi hech gap emas. Kerak bo‘lsa, hamkasblardan, do‘stlardan maslahat so‘rang. Juda bo‘lmaganda, yaqin o‘tmishdagi ish bilan bog‘liq vaziyatlarni yodga oling. Muhabbatda ehtiyotkor bo‘ling. Oilali bo‘lsangiz, ko‘cha-ko‘yda ishqiy sarguzashtlarga berilishdan saqlaning. Kimlardir bosh va oyoq og‘rishidan bezovta bo‘lishi kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Gap dam olish, sog‘liqni mustahkamlash, juftingizga sovg‘alar xarid qilishga borib taqalsa, tejamkorlikni chetga suring. Pulni shunday narsalar uchun sarflamasangiz, ishlashingizdan ne naf. Ro‘zg‘orda ham muammo degani taxlanib yotgan ko‘rinadi. Demak, ularni ham faqat pul yordamida ijobiy hal qilish mumkin. Boshqa yo‘li yo‘q. Lekin qarzga botmaysiz. Xudo beradi. Qancha sarf-xarajatga tushmang, kissangiz pulsiz qolmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

30 iyul kuni ishxonaga kirib borganingizdan yugur-yugurlar boshlanadi. Bir tarafdan majlis, ikkinchi tarafdan sizni mushtoq kutayotgan ish bir muddat nafas rostlashga yo‘l bermasligi mumkin. Rahbarlar fikridan norozi bo‘lsangiz ham sukut saqlang. Tortishib, bahslashib baraka topmaysiz. Shaxsiy hayotda sizni bir dunyo syurprizlar kutib turibdi. Shulargina qalbingizga quvonch va sokinlik bag‘ishlashi mumkin. Xastalik xavf sola boshlaganini sezsangiz, mutaxassis ko‘rigidan o‘ting.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burji ostida tug‘ilganlar bugun hayot dengizining eng tubigacha suzib yetishlari va faqat orzular ummonida cho‘milishlari tavsiya etiladi. Faol bo‘lsangiz, eng murakkab masalalarda ham g‘oliblikni qo‘lga kirita olasiz. Ishlar mayda-chuyda bo‘lsa, o‘ksinmang, jahl qilmang, ular siz kutgandan ham ko‘proq daromad berishi mumkin. Oilasizlar kechqurunga rejalashtirgan romantik uchrashuv bir bahona sabab bilan boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 913 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]