наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati (2017, 2018)
18:39
Munajjimlar bashorati: 8 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun hayotingiz, professional kasbingiz bilan bog‘liq qandaydir noodatiy yangiliklar yaratishingizga to‘g‘ri keladi. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, ertaga ishxonaga kelgach, hamkasblardan ortda qolib ketishingiz va oqibatda rahbariyatning keskin tanqidiga uchrashingiz mumkin. Sayohat uchun 8 oktyabr juda qulay kechadi. Agar ishingiz ko‘p bo‘lmasa, yaqin masofaga bo‘lsa-da, sayohat uyushtirsangiz bo‘ladi. Kechqurun qondoshlar holidan xabar oling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Moliyaviy muammolaringiz ham qiyinchiliklarsiz hal bo‘lishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 oktyabr kuni negadir faolligingizga putur yetib, bir qarorga kela olmay qiynalishingiz mumkin. Aksiga olgandek, goh do‘stlar, goh qarindoshlar sizni ishdan chalg‘itib, kayfiyatingizni buza boshlashadi. Kun bo‘yi qanday transport vositasidan foydalanishingizdan qat’i nazar ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Kasalxonaga tushib qolishingiz xavfi bor. Moliyaviy ahvolingiz shu qadar yaxshi bo‘ladiki, sizga havas qilsa arziydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun yulduzlar ko‘proq yaqinlaringiz bilan birga bo‘lishingiz va uy yumushlarida ularga yaqindan ko‘mak berishingizni maslahat berishmoqda. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar emotsiyani jilovlashlari, tanlagan insonini kamroq rashk qilishlari zarur bo‘ladi. Shu ikkita narsa mavjud bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlikka duch kelishingiz aniq. Kechqurun yolg‘iz qoling va kelgusi ishlarning rejasini tuzing. Bahonada ruhan dam olasiz.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
8 oktyabrda o‘ta qattiqqo‘llik, do‘stlar, yaqinlardan ilojsiz narsani talab qilish sizga faqat ziyon yetkazadi. Agar ularning biri sizni ma’nan qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lsa, chegaradan chiqmagan holda ish ko‘ring. Moliyaviy muammolar kechga qadar yo‘l-yo‘lakay hal bo‘ladi, bu masalada qayg‘urmasangiz bo‘ladi. Kechqurun ovqatlanish rejimiga qayta-qayta ko‘z tashlang, sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning va immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun barcha muhim uchrashuvlar, majlislarni ortga suring va uy yumushlari bilan shug‘ullaning. Ayni muddao, chunki bugun dam olish kuni. Moliyaviy jihatdan hech kimdan kam emassiz, ammo pulni bo‘lar-bo‘lmasga sarflash tavsiya etilmaydi. Shaxsiy hayotingizda sodir bo‘ladigan har bir hodisaga e’tiborli bo‘ling. Juftingizni birovlarga rashk qilmang, u sizga sadoqatli. Bekorga janjal chiqadi va kayfiyatingiz buzilgani qoladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
8 oktyabr kuni tadbirkorlar xorijiy firmalar bilan foydali shartnomalarni imzolashlari kutiladi. Agar yaqindagina tijorat boshlagan bo‘lsangiz, katta ishlarga shoshmay turing. Xudo bergan daromadga shukr qilib asta-sekinlik bilan oldinga intiling. Organizmingiz kuchli, immunitetingiz ko‘tarinki darajada. Shunday ekan, yo‘l-yo‘lakay uchraydigan xastaliklarni yengib keta olasiz. Faqat surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ehtiyot bo‘lishlari zarur.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun oila a’zolaringizdan yoki qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkinligini bashorat qilgan. Basharti ruhiyatni xotirjam tuta olsangiz, janjalni chetlab o‘tishning iloji ham bor. Jismoniy mashqlar bajarish, yoga bilan shug‘ullanish, qaynoq vanna qabul qilish amallari bugun xayrli kechadi. Moliyaviy ahvolingiz ham ko‘ngildagidek bo‘lishi kutiladi. Salomatlik masalasini birinchi o‘ringa qo‘yavering.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
8 oktyabr kuni qachonlardir miyada pishitib qo‘ygan loyihalarni qaytadan esga olib hayotga tadbiq etish tadbirkorlarga bir olam foyda va lazzat hadya etadi Bu ishda sizga yaqinlaringiz ham bajonidil yordam beradi inshoolloh. Moliyaviy ahvolingiz a’lo darajada, pulsizlikdan shikoyat qilishga asosingiz yo‘q. Oila qurmaganlar qachonlardir romantik sarguzashtlarni birgalikda kechirgan insonni uchratishlari va munosabatlar qaytadan boshlanishi kutilmoqda.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun umuman pulning ketidan quvmang, omadsizlikka yo‘liqasiz. Buning o‘rniga ma’naviy ozuqa qidiring. Shuning bahonasida xudo rizqingizni ham beradi inshoolloh. Kunning ikkinchi yarmida yana pul bilan bog‘liq bir ishga duch kelasiz. Bu ish sizga jismoniy zo‘riqish yoki boshqa noqulayliklar tug‘dirmaydi. Tavakkal qo‘l urib ko‘ravering, omadingiz kelsa, bir narsali bo‘lib qolasiz. Kechqurun o‘zgalar iltimosiga ko‘ra ularning muammolarini bartaraf etish bilan band bo‘lishingiz mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
8 oktyabr kuni kayfiyatingiz tushkun ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda. Shu sabablimi, yorqin hodisalar, xursandchiliklar ham sizga ta’sir eta qolmaydi. Nuqul yo‘q joydan muammo axtara boshlaysiz. Ishoning, bunday kayfiyat bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Sevimli xobbingiz bilan shug‘ullanib ko‘ring, balki shu kayfiyatingizda ijobiy o‘zgarish yasar. Kechqurun oilaviy bayram uyushtiring. Bu ham ruhan yengil tortishingizda asqotadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Uyingizda muammolar qalashib yotibdi. Bugun dam olish kunidan foydalanib ularning ijobiy hal bo‘lishini ta’minlashingiz lozim. Kvartirangiz ta’mirga muhtoj. Agar moliyaviy ahvolingiz ko‘tarsa, ta’mir ishlarini boshlab yuborsangiz ham ziyon qilmaydi. Kun davomida oilasizlarning ayrimlari bir paytlar munosabatini buzgan inson bilan uchrashib, o‘rtadagi muhabbatni qaytadan qalbiga jo etishi mumkin. Salomatligingizni juda ehtiyotlang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
8 oktyabr kuni hatto nafas rostlashga-da vaqtingiz yetmasligi mumkin. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, kuni kecha rahbarlar ishonib topshirgan loyiha ustida ishlaysiz. Romantika va uchrashuvlar, sayr, safarga otlanish uchun bugundan qulayini topa olmaysiz. Asosiysi, jismoniy holatingizga jiddiy e’tibor bering. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 711 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]