наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati
02:56
Munajjimlar bashorati: 8 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, bugungi kun siz uchun romantika va yoqimli tuygʻular kuniga aylanadi. Oilasizlar azaldan fazoviy muhabbatni orzulagan boʻlsalar marhamat, qabul qilib oling. Ammo moliya masalasida muvaffaqiyatlar koʻzga tashlanmaydi. Boriga shukr qilib turishingizga toʻgʻri keladi. Kechki payt ovqatlanish rejimini, meʼyorni yana bir karra eslab oling. Agar uxlashga yotishdan oldin qatiq ichsangiz, koʻrajak tushlaringiz totli kecharkan.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

8 sentyabrda tadbirkorlarning kayfiyati birinchi oʻrinda turishi lozim. Shunda raqobatchilar ham siz bilan oʻzaro munosabatlarni iliqlashtirish payida boʻladi. Ishlaringiz baroridan keladi. Xizmatchi doʻstlarimiz yaqinda oʻylab topgan gʻoyani rahbariyatga taqdim etsalar, yomonlik koʻrishmaydi. Moddiy ahvolingizdan sira tashvish tortmang. Daromadning oʻzi sizni qidirib keladi. Salomatligingiz pand bermaydi. Lekin rejim asosida ovqatlaning. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun yoningizda bor pullarni foyda keladigan narsaga sarf qiling. Tijoratchi boʻlsangiz, tavakkalchilik sizga katta foyda keltiradi. Muhabbatda omadingiz kuladi. Agar tanlaganingiz prinsiplaringizni tushuna olsa, yaqin kelajakda sizdan baxtlisi boʻlmasdi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Sportning yengil turlari bilan shugʻullanish salomatlikni mustahkamlashda juda asqotadi. Bugun olis safarga chiqish omad va ezguliklarni hadya etadi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

8 sentyabr kuni goʻyo faylasuf olimga aylanishingiz kutiladi. Kimlar yoningizga kelib maslahat soʻramaydi deysiz. Bir soʻz bilan aytganda, bugun barchaning diqqat-eʼtiborida boʻlasiz. Professional kasbingiz bilan bogʻliq yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Ijod kishilari shu kunlarda yaratilgan asarlar tufaylimi, yangi-yangi muxlislarga ega boʻlishadi. Oilalilar birgalikda tabiat qoʻynida dam olib qaytishsa ham ziyon qilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar muhabbat bobida yengil fikrlamaslikni maslahat berishadi. Aks holda koʻngilsizliklarga duch kelib koʻnglingiz ogʻrishi hech gap emas. Ayrimlar ish masalasida oʻzlari kutgan muvaffaqiyatlarga erisha olmasliklari mumkin. Lekin sabr qiling. Chunki ish baroridan kelmasa-da, moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Doʻstlardan biri yordam qoʻlini choʻzishi kutilmoqda. Salomatlikka jiddiy eʼtibor bilan yondashing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

8 sentyabr kuni hasadgoʻylar eʼtiboriga tushishingiz xavfi sezilmoqda. Keyingi kunlari yaxshi pul topayotganingizni koʻrolmaslar oyogʻingizga bolta urishdan ham tiyilishmaydi. Ehtiyot boʻling. Sarf-xarajatlarda tejamkorlikni shior qilib oling. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalarni imzolash, kelishuvlar muvaffaqiyatli oʻtadi. Agar kun davomida aniq bir maqsad yoʻlida oldinga intilsangiz, kam boʻlmaysiz. Kechqurun ogʻir hazm boʻluvchi taomlar isteʼmolidan tiyiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Hayotning har jabhasida mardona qadam tashlagan holda harakatlar sodir eting. Sal boʻshashsangiz, muvaffaqiyatsizlik taʼqib eta boshlashi mumkin. Ishxonada siz erishayotgan yutuqlarni koʻra olmaydiganlardan ehtiyot boʻling. Salomatligingiz yaxshi boʻlishini xohlasangiz, yugurishni mashq qiling. Suv bilan bogʻliq amallar ham sogʻligʻingiz yaxshilanishiga turtki boʻlishi tayin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

8 sentyabr kuni chayon burji ostida tugʻilganlar har bir ishni xufiya tarzda amalga oshirishni istab qolishadi. Agar mavqeingiz oshishini xohlasangiz, vaziyatga qarab ish tuting. Har qanday ishni bajarishda ham faqat intuitsiyangizga suyaning. Ijodkorlarning ham kun boʻyi sodir etadigan harakatlari oʻz samarasini beradi. Kechqurun salomatligingizni bir nazardan oʻtkazib oling. Surunkali xastalikka chalinganlar oʻzlarini yanada yaxshiroq parvarish etishlari lozim.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Xavfli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun har bir qadamingizni oʻylab bosing. Oʻzingizga qancha koʻp ishonsangiz, muvaffaqiyatli lahzalar soni shuncha koʻp boʻladi. Moliyaviy masalada ham omadingiz chopishi kutiladi. Biroq tejamkorlik baribir ziyon qilmaydi. Har bir ishlab topilgan tiyin uchun peshona terlaringiz boy berilganini unutmang. Kechqurun ayrimlar doʻstlardan biri bilan koʻngilochar manzilga borishlari kutiladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

8 sentyabrda shaxsiy hayotingiz hamma havas qilsa arzigulik darajada ahil, ajoyib tus oladi. Professional kasbingiz bilan bogʻliq ishni ham tashlab otmang. Daromadsiz qolib ketishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida uydagilaringizning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun yaqin doʻstingiz bilan uchrashib, suhbatlashishingiz mumkin. Bu suhbat xarakteringizda optimizm rivojlana borishiga sababchi boʻladi. Demak, siz yanada yaxshi tomonga oʻzgara boshlaysiz.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Ertalabdanoq birga bir jamoa boʻlib ishlashingiz lozim boʻlgan odamlar bilan qoʻngʻiroqlashib, masalaga oydinlik kiritib oling. Bir-biringizni ruhan qoʻllab-quvvatlasangiz, ishlar albatta baroridan keladi. Muhabbatda oʻzingizni qattiq sevadigan insonni tushunishga harakat qiling. Bu oilasizlarga tegishli boʻlib, agar til topa bilsangiz, birgalikda umr kechirish ham nasib etarmidi. Kun davomida qarindoshlarning koʻnglini ogʻritmaslikka harakat qiling. Imkon doirasida savob ishlarni koʻproq amalga oshirish payida boʻling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

8 sentyabr kuni oila qurishga ulgurmaganlar romantik uchrashuv, yangi tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Qarang, qalbingiz boʻm-boʻsh edi. Endi uni ajoyib bir inson egallab oladigan boʻldi. Baxtingizni bersin. Kun mobaynida yaqinlaringizga har taraflama yordam berish harakatida boʻling. Yoshi ulugʻ, xasta qarindoshlar uchun moddiy koʻmak juda ham zarur. Kechqurun kimdir safarga otlanishi mumkin. Safar sizga yoqimli lahzalarni hadya etadi.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 453 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]