Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Mutaxassis koronavirusdan ham xavfliroq kasallikni ma’lum qildi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 21.01.2021
Agar parranda grippi odamdan odamga yuqishni boshlasa, dunyo hozirgi SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasidan ham dahshatliroq xavf-xatarga duch kelishi muqarrar, deydi rossiyalik virusolog Aleksandr Chepurnov.

Mutaxassisning fikricha, parranda grippi ko‘pgina hollarda o‘limga olib keladigan nihoyatda og‘ir kasallik hisoblanadi. Boz ustiga, uning odamdan odamga yuqishi allaqachon tajribalarda isbotlangan.

Bugungi kunda parranda grippi tarqalishining oldini olish uchun ularning tarqatuvchisi hisoblanmish tovuqlarni qirib tashlashga to‘g‘ri kelyapti. Shunga qaramay, parranda grippining butun dunyoga tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda.

«Odam infeksiyani parrandadan ham yuqtirib olishi hech gap emas. Ana shunda kasallikning kechishi nihoyatda xatarli tus oladi — chunki o‘lim xavfi nihoyatda yuqori. Shu bois, hozirgi kunda jiddiy choralar ko‘rilmoqda — minglab tovuqlar qirib tashlanmoqda. Axir boshqa yo‘li ham yo‘q. Shu bilan birga, parranda go‘shti bilan shug‘ullanadigan qushxonalarni ham nazorat qilish zarur», — deb tushuntirdi virusolog.

Rossiya hududida parranda grippi bilan kasallanish holati allaqachon qayd etildi. Uni to‘xtatib qolish uchun kasallik aniqlangan fermalarda parrandalarni yo‘q qilishga to‘g‘ri keldi.

Hozirgi kunda butun dunyoda koronavirus infeksiyasining jadallik bilan tarqalayotganini ko‘rib, kelgusi haftalarda pandemiyani to‘xtatib qolishni xayolimizga ham keltirolmaymiz. Bordi-yu, bunga parranda grippi xavfi qo‘shiladigan bo‘lsa, shusiz ham og‘ir vaziyatni battar yomonlashtirib yuboradi. Shuning uchun, ekspertning ta’kidlashicha, parranda grippi odamdan odamga yuqmasligini umid qilishdan o‘zga choramiz qolmayapti.

Теги: Koronavirus, Parranda grippi, SARS-CoV-2

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]