наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
20:57
My5 kanalida yangi serial: autizmga chalingan “G'aroyib doktor”!

2018 yil 17 sentabrdan boshlab “G'aroyib doktor” teleseriali soat 19:10 da “Mening yurtim” telekanalida o'zbek tilida namoyish etila boshlanadi.

Teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo'lgan Doktor Xaus haqida suratga olingan “Xaus” seriali ijodkorlari tomonidan yaratilgan (Xoroshiy doktor / The Good Doctor) “G'aroyib doktor” teleseriali jahon kino auditoriyasida katta qiziqish uyg'otdi.
Ushbu serial global qidiruv tarmoqlarida 98% ovoz bilan eng ko'p qidiruvga berilgan bo'lib, autizm kasalligiga chalingan g'ayri tabiiy iqtidorga ega Shon Myorfi haqida hikoya qiladi. Shon Myorfining bolaligi og'ir o'tishga qaramasdan u o'zidagi noyob qobiliyatni yuzaga chiqara oldi. Unda autizmdan tashqari savanta sindromi ham bo'lib, bu holat unga qarshi nufuzli shifokorlarning noroziligiga sabab bo'ladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan u o'ta kuchli xotirasi va iste`dodi bilan meditsina sohasida kutilmagan muvafaqqiyatlarga erishadi.
Yosh bo'lishiga qaramasdan San-Xose shahridagi mashhur San-Bonaventura kasalxonsining jarrohlik bo'limiga ishga olinadi. Bu yosh jarrohga hamkasblari o'zlarining an`anaviy bilim va tajriblari bilan qarshi bo'lsalarda Shon o'zining noan`anaviy usullari bilan barchani lol qoldiradi.

Serial ijodkorlariga to'xtaladigan bo'lsak, ssenariy muallifi- Devid Shor, rejissyorlar- Mayk Listo, Set Gordon, Larri Teng va Maykl Patrik, rollarni- Freddi Xaymor, Antoniya Tomas, Nikolas Gonsales, Chuku Modu, Bo Garret, Xill Xarper va boshqalar ijro etishgan.

Serialning bosh qahramoni Shon Myorfi rolida Freddi Xaymor suratga tushgan.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 390 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]