наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
13:30
Myanmadan maktub: 12 yoshli qochqin hikoyasi

Ismim Jashim. Yoshim 12 da. Fojia boshlanishidan avval men maktabga qatnardim. Eng sevimli fanim ingliz tili edi. Ingliz tilini o‘rganib, dunyodagi boshqa odamlar bilan muloqot qilish va ularga o‘y-xayollarim haqida aytib berishni xohlardim. Tez orada o‘qishni yana davom ettirishga umid qilaman. Kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilaman.

Harbiylar qishlog‘imizga kelgan vaqtda biz qochishga va yashirinishga majbur bo‘ldik. Men juda ko‘p askarlarni ko‘rdim: 100 yoki 200 kishi bo‘lsa kerak. Ular bizga qarata o‘q uzishdi va uyimizga o‘t qo‘yishdi. Men juda qo‘rqib ketdim.

Biz changalzorga berkindik. Keyin esa Bangladesh tomon yo‘lga chiqdik. Changalzorda yashirina-yashirina, o‘rmonlarda tunay-tunay, 13 kun yo‘l yurdik.

Bu juda og‘ir safar bo‘ldi. Tepaliklardan oshib, daryolarni kechib o‘tdik. Yo‘l davomida askarlar qayerdadir bizni poylab o‘tirgan bo‘lishi mumkin, degan qo‘rquv bir daqiqa bo‘lsin, tark etmadi. Bangladeshga yetay deganda yerga ko‘milgan bombalardan ehtiyot bo‘lib o‘tishimizga to‘g‘ri keldi. Ko‘milgan bombaning ustiga bilmasdan qadam tashlasangiz, portlab ketar ekan.

Endi qishlog‘imiz yo‘qligidan juda xafaman. O‘zimiz bilan hech narsani olib kelolmadik. Hamma narsamizdan ayrildik. Men bu yerga onam bilan keldim. Otam Rakhaynda qoldi. U bizga o‘zimizni asrashni tayinlar ekan, keyinroq bizga yetib olishini aytgan edi. Uning qayerdaligini ham bilmaymiz. Haligacha undan biror darak yo‘q.

Askarlar uni topib o‘ldirgan yoki yerosti bombalaridan portlab ketgan bo‘lishidan tashvishdaman. Xavfsiz joyda ekanligimizdan xursandman. Ammo bu yerning ham o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor, boisi yashashga uyimiz yo‘q va nam yerda yotishimizga to‘g‘ri kelyapti.

Bu maktub dunyo ahliga bir myanmalikning murojaati. Biz Myanma fuqarolarimiz, bizni Myanma fuqarosi sifatida tan olishsa bas. Boshqa narsa kerak emas.

Izoh: 12 yoshli Jashim hikoyasi Bangladeshning Chittagong viloyatidagi Unchi Prank qochqinlar lagerida Keti Arnold tomonidan yozib olingan.
Manba: sof.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 467 | Добавил: MASSARI | Теги: myanma, Maktub, qochqin | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]