наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
19:31
NASA olimlari Oyda suv zaxiralari qayerdan paydo bo‘lganini aniqladi

Oyda topilgan yirik suv zaxiralari Yerning yo‘ldoshi o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan payti, ya’ni hayotining ilk lahzalarida to‘plangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda EPS Letters jurnalida chop etilgan maqolaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda
“Oy bazaltlari shakllana boshlaganda ular Oy yuzasiga yerdagi istalgan yirik ko‘lda bo‘ladigan miqdordagi kabi suvni chiqarib tashlagan. Bu suvning aksariyat qismi kosmosda bug‘lanib ketgan. Biroq uning atigi 0,1 foizi qolganida ham bu ko‘rsatkich Oy qutblaridagi suv zaxirasini izohlashga yetadi”, — deydi NASA’ning kosmik parvozlar markazi vakili Debra Nidxem.

“Oydagi suvlar qayerdan paydo bo‘lgan va ular qayerda yashiringan?” kabi ikki muammoli savol olimlar o‘rtasida katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi.

Astronom olimlarning bir qismining taxmin qilishicha, bu suvlarning asosiy manbasi bo‘lib kometalar xizmat qilgan. Bir vaqtning o‘zida olimlarning boshqa guruhi suv zaxirasining manbasi sifatida asteroidlarni ko‘rsatadi. Qizig‘i, har bir nazariyaning o‘ziga xos isbotlari bor.

Ustiga-ustak, yaqinda olimlar Oy yuzasining barcha qismida yirik suv zaxiralarini topdi. Bu holat esa ularning bahsini yanada qizg‘in kechishiga olib keldi.

AQShning Tuson shahridagi Oy va sayyoralarni o‘rganish instituti xodimi Nidxem va uning hamkasbi Devid Kring esa Yer yo‘ldoshi shakllangan ilk kunlarda uning yuzasida nimalar yuz berganini o‘rganib, bu savolga javob topdi.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 628 | Добавил: KenjaMedia | Теги: NASA, olimlari, Oy | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]