наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
08:19
NASA: X sayyorasining borligini isbotlovchi besh dalil mavjud

Astronomlar Quyosh tizimida to‘qqizinchi sayyora borligini isbotlovchi besh dalilni keltirdi. Bu haqda, NASA ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘tgan yil boshida astronomlar Konstantin Batigin va Maykl Braun Quyosh tizimidagi to‘qqizinchi sayyora — Quyoshdan 41 milliard kilometr naridagi, Yerdan o‘n barobar katta vaznga ega X sayyorasining borligini aniqlaganini bildirgan edi.

Astronomlar Gavayidagi Subaru teleskopi yordamida sayyorani qidirish ishlarini boshlab yubordi.

“Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasi mavjudligini isbotlovchi besh dalil bor. U yo‘q deb tasavvur qilsak, biz Quyosh tizimining bu besh o‘ziga xosligini tushuntirib berishimizga to‘g‘ri keladi. Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan va alohida hal qilinadigan besh muammo paydo bo‘ladi”, — ma’lum qildi Batigin.

Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, Quyoshgacha bo‘lgan masofaning uzoqligi bois u yulduz atrofida 15 ming yil ichida bir marta aylanadi.

Hozircha uning orbitasi aniqlandi, ammo, shu bilan birga, uning mavjudligiga biror dalil yo‘q.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 350 | Добавил: KenjaMedia | Теги: X sayyora, NASA | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 1
1 I♡U   (07.10.2017 14:59)
Xaa

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]