наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
01:51
Neymar “Barselona”ni sudga bermoqchi

PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar sobiq jamoasi undan katta miqdorda qarz ekanligi ma’lum qilib, “Barselona”ni sudga berishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik futbolchi 2016 yil shartnomani uzaytirish bo‘yicha kataloniyalik bilan tuzilgan kelishuvdagi mablag‘ni to‘liq to‘lashni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, bonus 40 million yevroni tashkil qiladi, biroq klub futbolchiga atigi 14 million to‘lagan. Shundan ko‘p o‘tmay u klubni tark etishga qaror qilgan.

Neymarning fikricha, kelishilgan mablag‘ni to‘lamaganlik uchun sabab bo‘la olmaydi. Shunday ekan u “Barselona”dan qolgan 26 million yevroni talab qilmoqda va shuningdek, o‘tgan vaqt uchun 10 % miqdorida kompensatsiya pulini ham.

Avvalroq ispan OAV Neymarning “Barselona”ga qaytmoqchi ekanligini va PSJ esa uning o‘rniga futbochliga topib qo‘yganligini xabar qilgan edi.

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1297 | Добавил: MASSARI | Теги: Barselona, Neymar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]