наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
09:20
Neymar “PSJ”ga qaytmaydi va otasidan “Real” bilan muzokaralarni boshlashni so‘ragan

Ayni damda Braziliyada jarohatini tiklayotgan futbolchi otasi va agenti hisoblangan Neymar da Silvaga Parijga qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Men «PSJ”ga qaytmayman, buning iloji yo‘q. Agar men u yerga, an’analarga ega bo‘lmagan ligaga qaytsam, muxlislar yana hushtakbozlik bilan kutib oladilar, men esa bunga bir daqiqa ham chiday olmayman», – degan Neymar o‘z yaqinlari va oilasiga.

Neymar otasidan “Real” bilan muzokaralarni boshlashni so‘ragan. Shuningdek, hujumchi “Barselona” rahbariyatiga ham Kataloniyaga qaytishga qarshi emasligini aytgan.

Futbolchi o‘z xatosini anglab yetgan va maoshidan voz kechishga tayyor. Bu bilan “PSJ” yozda uni tinchgina qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda.
Manba: uff.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1306 | Добавил: MASSARI | Теги: Neymar, Real Madrid, PSJ | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]