Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Nima uchun muhim ishlarni ortga suramiz?

Автор: MASSARIкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 25.01.2021
Kareramiz haqida bosh qotirish, moliyaviy reja tuzish, salomatlik borasida qayg‘urish, yangi ko‘nikma hosil qilish - bularning bari odatda uzoq muddatli rejalarimizga bog‘liq muhim ishlar hisoblanadi. Biroq nima uchundir biz ularni doim orqaga suraveramiz. "Layfxaker" shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

1. Biz eng samarali vaqtimizdan noto‘g‘ri foydalanamiz
Aksariyatimiz uchun samaradorlik cho‘qqisi ertalabki vaqtga to‘g‘ir keladi, ammo, afsuski, biz undan kamdan-kam hollardagina to‘g‘ri foydalanamiz. Buning o‘rniga biz pochtani tekshiramiz, kundalik ishlar ro‘yxatini tuzamiz yoki majlisga shoshamiz. Vaholanki, ertalabki vaqtni ko‘proq energetik kuch-quvvat talab qiluvchi ishlarga (masalan, rejalashtirish yoki hisob-kitob) sarflagan ma’qul.

2. Bizga rivojlanish hissini beruvchi ishlarni afzal ko‘ramiz
15 ta u qadar muhim bo‘lmagan xatga javob yozganimizda, natija ayon - 15 ta yo‘llangan javob. Bizga o‘tgan vaqt samaralidek tuyuladi. Biroq agar biz bir soat davomida nima haqidadir bosh qotirsak-da, bundan natija bo‘lmasa, o‘zimizni hech narsa qilmagandek his qilamiz.

Bajarilishi oson bo‘lgan mayda ishlar bizga zavq bag‘ishlaydi. Shunday ekan, nima uchun katta maqsadlar ustida ishlashni soddalashtirmaymiz?
Uzoq muddatli maqsadlaringizni mayda qadamlarga taqsimlang, so‘ngra qilingan har bir ishni belgilab boring, shunda rivojlanayotganingizni sezasiz va zavq olasiz.

3. Ilhom kelishini kutamiz
Biror muhim ishni bajarmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki reja tuzing va ishga kirishing. Hatto ijodiy sohada ishlasangiz ham, ilhom kelishini kutib o‘tirmang. Vaqt ajrating va ishga kirishing.

4. Ortiqcha vaqt oladigan ishlar bilan band bo‘lamiz
Bunday ishlarga pochtani ko‘zdan kechirish, bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzish, ish stolini tartibga keltirish kabilar kiradi. Bu kabi ishlar bizga xuddi biror nimani uddalaganlik hissini beradi, aslida esa bunday emas. Ular vaqtimizni besamar ketkazishimizga sabab bo‘ladi.

Agar yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan birortasini bajarish kerak bo‘lsa, katta maqsad ustida ishlangandan keyingina unga vaqt ajrating.

5. Noto‘g‘ri tanlovni amalga oshirganimizni anglab yetmaymiz
Uzoq muddatli maqsadlar ko‘pincha kundalik grafikimizda o‘z ifodasini topmaydi. Majlislar va boshqa shoshilinch ishlar qayd etiladi, ularning orasida esa bloklar bo‘ladi. Ularga ko‘zimiz tushganda esa bo‘sh vaqtdek tuyuladi va yana 1-2 majlisni sig‘dirsa bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Aslida esa bu bloklar bo‘sh emas, bu - katta maqsadlarga ajratiladigan vaqt.

Теги: Muhim ishlar, kundalik hayot

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]