наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
17:44
Notariusning ishga kech qolishga haqqi bormi?

“Inson va qonun” gazetasiga fuqarolardan biri “Notarius ishga kech qolishga haqlimi?” qabilidagi savol yo‘lladi.

Ushbu savolga adliya vazirligi mas’ul xodimi Nodir Tillayev quyidagicha javob berdi:

“Davlat notarial idoralarida ish vaqti jadvallari hududiy adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, davlat notarial idoralarida ish vaqti haftasiga besh kundan iborat bo‘lib, soat 9:00 dan 18:00 gacha deb belgilangan.

Mehnat kodeksining 229-moddasiga asosan homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan, homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Afsuski, turli tashkilotlar yoki hokimliklar tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarga notariuslarning ham jalb qilinish hollari uchramoqda. Natijada, notarial idorada navbat ko‘payib, norozilik holatlari kuzatilmoqda. Notariuslar ortiqcha yig‘i­lish­lardan ozod qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 109 | Добавил: VerSign | Теги: kech qolishga, Notarius, haqi bormi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]