наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
12:03
O‘rgimchakdan qo‘rqqan amerikalik erkak uyini yoqib yubordi

Amerikalik erkak katta o‘rgimchakdan xalos bo‘lishga urinib, uyini yoqib yubordi. Bu haqda Buzzfeed xabar berdi.

Kaliforniyalik erkak uni qo‘rqitgan bo‘ri o‘rgimchakni gazli zajigalka yordamida yoqib yuborishga uringan. U bunga muvaffaq bo‘lgan, biroq yonayotgan o‘rgimchak matrasga tushgan va matras darhol yonib ketgan. Alanga pardalarga, keyin esa devordagi bayroqlar kolleksiyasiga o‘tgan.

Natijada yong‘in butun uyni qoplab olgan. Hech kim jarohat olmagan, biroq bino shu darajada zararlanganki, uy egalari boshqa joyga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Bo‘ri o‘rgimchak odamlar uchun xavfli bo‘lib, odatda, chaqmaydi. Biroq u chaqsa, o‘rni qizaradi va sezilarsiz og‘riq yuzaga keladi. Eng katta o‘rgimchaklar uch santimetrgacha bo‘ladi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 382 | Добавил: VerSign | Теги: o'rgimchak, Amerika, uy | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]