наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:36
O‘zbekiston bosh vaziri qirg‘izistonlik hamkasbi bilan ikki davlat chegarasidagi hodisani muhokama qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qirg‘izistonlik hamkasbi Sapar Isakov bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hukumat rahbarlari 7-aprel kuni o‘zbek—qirg‘iz chegarasida Qirg‘izistonning 1984-yilda tug‘ilgan fuqarosi o‘limi bilan yakunlangan hodisani muhokama qildi.

Tomonlar 9-aprel, dushanba kuni ikki davlat chegara xizmatlari rahbarlari va boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.

Hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, uning natijalarini yaqin vaqt mobaynida ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston chegaradagi mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonga nota yo‘llagani bildirilgandi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 219 | Добавил: VerSign | Теги: O‘zbekiston bosh vaziri qirg‘izisto | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]