наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
22:53
O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi

Keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida mamlakatning tashqi siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida urg‘u berilgan, deb xabar beradi Sof.uz nashri.

Xususan, qator xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning elchixonalarini ochish va hozirda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalarni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Olmaota shaharlarida O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ochiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va xorijiy davlatlardagi elchixonalar faoliyatini kompleks ravishda takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi, xususan ularga konsullik xizmati ko‘rsatilishi va yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi masalalari qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda.

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1013 | Добавил: MASSARI | Теги: O'zbekiston fuqarolari, ruxsatnoma, xorijda ishlash | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]