наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
08:36
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini yaxshiladi

“Speedtest Global Index” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi oshgan.

“Xabar.uz”ning ma’lum qilishicha, “Speedtest.net” internet servisi an’anaviy “Speedtest Global Index” reytingini e’lon qilgan. Unda 2018 yil fevral yakunlari bo‘yicha dunyodagi simli va simsiz internet tezligi ma’lumotlari joy olgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha yanvar oyidagi ko‘rsatkichini bir pog‘onaga yaxshiladi va 120-o‘ringa (6,56 Mbit/s) ko‘tarilib oldi.

Simli internet reytingida esa O‘zbekiston avvalgi oyga nisbatan ikki o‘ringa yuqorilab, 124-pog‘onani (6,39 Mbit/s) band etgan.

Reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha Norvegiya (62,07 mbit/s), simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur (161,53 mbit/s) yetakchilik qilmoqda.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 1662 | Добавил: MASSARI | Теги: Internet, o'zbekiston, internet tezlik | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]