наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
13:45
O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida Nanotexnologiyalar markazi ochiladi

Nanotexnologiyalarni rivolantirish markazi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida ochiladi. Bu haqda O‘zMU fizika fakultetida ishlaydigan fizika-matematika fanlari doktori, akademik Komil Muqimov “Gazeta.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Markazni yaratish g‘oyasi akademik Komil Muqimovda paydo bo‘lgan, ammo 2016-yil 30-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat ilm-fan vakillari bilan uchrashuv uyushtirguniga qadar uning takliflari e’tiborsiz qolgan.

“O‘shanda prezident o‘z takliflaringizni ilgari suring, deb aytdi. Men loyihani ko‘rib chiqishga yubordim, fevralda esa ijobiy javob oldim. 2017-yil 1-noyabrda prezidentning ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori chiqdi, u yerga Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini yaratish ham kiritilgan edi”, — dedi olim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi markaz nanotexnologiyalarni rivojlantirish va O‘zbekistonda nanoindustriyani yaratish uchun ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy potensialini birlashtirishi kerak.

Markazda, shuningdek, kollektiv foydalaniladigan yirik laboratoriya ham bo‘ladi. Zarur uskunalar uchun 1,3 million dollar ajratilishi kerak.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 277 | Добавил: VerSign | Теги: O‘zbekiston Milliy universiteti qos | Рейтинг: 5.0/3
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]