наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
08:31
O‘zbekistonda 1 apreldan pullarning onlayn almashinuvi joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda pullarning onlayn almashinuvi joriy etilishi mumkin. Bu “Bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Daryo.

Valyutaning onlayn almashinuvi dunyoda keng tarqalgan odatiy amaliyot hisoblanadi. Masalan, Rossiyada kartani taqdim etish chog‘ida bank hisob raqamlarini uchta valyutada: rubl, yevro va dollarda ochishni taklif etadi. Bir hisobdagi mablag‘ni keyinchalik bank dasturi yordamida boshqa hisobga o‘tkazish mumkin.

O‘z-o‘zidan, hatto kartada faqat rubl bo‘lsa ham, bankomatlarda qaysi valyutada naqd pul olishni tanlash mumkin. Bank, o‘z navbatida, qoidaga ko‘ra rasmiy kursdan biroz baland bo‘lgan o‘zining kursini belgilaydi.

Bunday amaliyot O‘zbekistonda joriy yil 1 aprelidan paydo bo‘lishi mumkin.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1223 | Добавил: MASSARI | Теги: Valyuta, pul almashinuvi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]