наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:44
O‘zbekistonda 2018-yil yanvaridan ishlovchi pensioner-shifokorlarga pensiya 100 foiz miqdorda to‘lanadi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida” qarorining 6-bandiga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tibbiyot tashkilotlarida mehnat qilayotgan shifokor-pensionerlarga pensiyalar to‘liq — 100 foiz miqdorida to‘lanish tartibi belgilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bungacha tibbiyot muassasasida ishlayotgan pensioner-shifkorlar har oy 50 foiz miqdorida pensiya olardi. Yangi tartibga ko‘ra, olinayotgan pensiyaning umumiy miqdori ikki marotabaga ortdi.

Masalan, rentgenolog-shifokor har oyda o‘rtacha 500 ming so‘m hisobidan, bir yilda jami 6,0 million so‘m pensiya olgan bo‘lsa, 2018-yilda esa ikki barobar ko‘p — 12,0 million so‘m pensiya oladi.

Hozirda tuman (shahar) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida shifokor-pensionerlarning F-25 shakldagi topshiriqnomalariga pensiya miqdorini 100 foizga yetkazish yuzasidan tegishli o‘zgartirishlar kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Amalda o‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2018-yilning yanvar oyi uchun barcha ishlovchi shifokor-pensionerlarga 100 foiz miqdordagi pensiya to‘lovi fevral oyida, ish haqining ikkinchi qismi to‘lovi amalga oshiriladigan muddatlarda to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida 11 mingdan ziyod pensioner-shifokorlar ishlab kelmoqda.

Ilgari, O‘zbekiston Prezidentining “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘lash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, quyidagi toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanar edi: — urush nogironlari va qatnashchilariga, Ikkinchi Jahon urushi yillarida harbiy xizmatni o‘tagan yoki front ortida ishlagan shaxslarga, I va II guruh nogironlariga, Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolarga; — shuningdek, fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga, ularning diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchilariga, “Nuroniy” jamg‘armasining barcha xodimlariga.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 365 | Добавил: VerSign | Теги: yanvar, pensionerlar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]