наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
16:44
O‘zbekistonda 2018-yilning I choragida 12 mlrd so‘mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi

O‘zbekistonda 2018-yilning I choragida onlayn auksionlar orqali 734 ta avtoraqam sotildi, shularning 544 tasi jismoniy shaxslarga, 190 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy qiymati 12,1 milliard so‘mdan oshdi. Ko‘rsatilgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 16,5 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Respublika tovar xomashyo birjasining maxsus axborot portali xabar berdi.

Xaridorlarning tarkibiy tuzilmasida yetakchi o‘rin, ya’ni bozorning 40 foizi Toshkent va Toshkent viloyatining avtotransport egalariga tegishli. Keyingi navbatda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari (11 foizdan), uchinchi o‘rinda Namangan va Andijon viloyatlari (6 foizdan)ning xaridorlari joylashgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda “Avtoraqam” elektron tizimida har kuni o‘rtacha 11 ta bitim tuzilgan. O‘tkazilayotgan raqobatli savdolar jarayonida avtoraqamlarning oliy toifasi bo‘yicha o‘rtacha 11 ta talabnomalar kelib tushsa, ularning ikkinchi toifasiga – 22 ta va uchinchisi bo‘yicha – 3 dan ziyod narx takliflari berilgan.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1055 | Добавил: VerSign | Теги: O‘zbekistonda 2018-yilning I chorag | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]