наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
09:35
O‘zbekistonda 25-28 iyul kunlari havo harorati pasayadi

Respublika Gidrometereologiya markazi iyul oyi oxiriga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-28 iyul kunlari respublikada havo harorati asta-sekin pasayadi. Ba’zi joylarda harorat 31 darajagacha tushadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kechasi harorat 20-25 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kuni kechasi harorat 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikada so‘nggi haftalar ichida anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda.

FVV xavfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ragandi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 398 | Добавил: MASSARI | Теги: o'zbekiston, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]