Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 126
Статистика

Онлайн всего: 209
Гостей: 209
Пользователей: 0
0

O‘zbekistonda 4 ta sudni o‘zida jamlagan binolar quriladi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 27.06.2019
O‘zbekistonga yangi tipdagi, sharoitlari qulay, issiq va yorug‘ bo‘lgan sud binolari kerak. Bu haqda Oliy sud raisi Kozim Komilov jurnalistlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Oliy sud raisiga ko‘ra, qurilayotgan yangi sud binolari soni yildan-yilga ortib bormoqda. 2017-yilda 4 ta, 2018-yilda 6 ta yangi bino foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 36 taga yetishi kutilmoqda.

—Jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarni o‘zida jamlagan bino loyihalarini ko‘rib chiqyapmiz. Nurafshon shahrida shunday bino qurilyapti ham. O‘zimizning yangi bino ham shunday bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, hammasi bir joyda bo‘ladi, — dedi Kozim Komilov.

Oliy sud raisining aytishicha, sud zallaridagi “temir qafas”lar ham bosqichma-bosqich oynavand shaklga o‘tkazilmoqda. Hozir Toshkentda shunday loyiha amalga oshirilmoqda.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]