наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:40
O‘zbekistonda aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi belgilandi

“Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Qaror bilan aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq:

- “O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalari narxi agentlik tomonidan, boshqa kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalarining narxi ushbu tashkilotlarning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

- kinovideo-tomosha tashkilotlari muayyan kinoseans boshlanishidan kamida 30 daqiqa avval belgilangan kinoseansga chiptalar savdosini boshlashi shart;

- kinozalga kirish seansdan kamida 15 daqiqa oldin boshlanadi;

- yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar voyaga yetgan kuzatuvchi hamrohligida, bolalar uchun belgilangan narxlarda kirish chiptasi bilan kinozalga kiritiladi;

- repertuarda rejalashtirilgan film kinoseans uchun kinozalga yig‘ilgan tomoshabinlarning sonidan qat’iy nazar chipta sotilgan bo‘lsa namoyish qilinishi shart;

- kinoseans vaqtida videokamera, telefon, planshet va boshqa raqamli elektron jihozlardan foydalanish, namoyish etilayotgan filmni video-foto tasvirga olish, baland ovozda gaplashish va boshqa tomoshabinlarga xalaqit berish taqiqlanadi;

- kinovideo-tomosha tashkilotlari kinofilmlarni sifatli namoyish qilish, tomoshabinlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, hojatxona, ona va bola xonasi, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish vositalaridan bepul foydalanishga imkoniyat yaratib berilishi shart.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 230 | Добавил: VerSign | Теги: O‘zbekistonda aholiga kinovideo xiz | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]