наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
15:01
O‘zbekistonda AliExpress orqali xaridlar 90 foizga ko‘paydi

O‘zbekiston aholisi Xitoyning AliExpress onlayn savdo dasturi orqali yanada ko‘proq mahsulotlar sotib ola boshladi. Bu haqda China News Service axborot agentligi ShHT sammitiga oid materiallar asosida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Xalq so‘zi”.

Alibaba kompaniyasi o‘zaro oldi-sotdining aniq raqamlarini oshkor etmayapti, biroq xabar berishicha, O‘zbekiston aholisining bu boradagi tranzaksiyalari hajmi 90 foiz, Tojikistonda 110 foiz va Qozog‘istonda 82 foizga oshgan.

“Mazkur mamlakatlar aholisi asosan kiyim-kechaklar, akssesuarlar, mobil telefonlar, maishiy texnika va kosmetika mahsulotlarini xarid qilyapti”, deyiladi unda.

Umuman olganda, 2017-yilda ShHTga a’zo davlatlar hududida yashovchi 20 milliondan ziyod kishi AliExpress orqali xaridlarni amalga oshirgan.

Ushbu davlatlardagi Alibaba sotuvchilari soni 80 million nafarga yetgan va bu oxirgi uch yildagi ko‘rsatkichlar sakkiz barobar ortganini anglatadi. Ularning necha nafari O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum emas.

Kompaniya ShHTga a’zo mamlakatlar hududida an’anaviydan ko‘ra elektron savdo qulayroq ekanligini e’tirof etyapti. Yaqin yillar ichida Alibaba mintaqadagi ishtirokini kengaytirmoqchi.

Yuqorida nomi tilga olingan dastur oxirgi besh yil davomida mamlakatda App Store bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelmoqda va bu boradagi an’anaviy yetakchi Telegram’ni ortda qoldirmoqda.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar xarid uchun Visa, MasterCard, UnionPay kabi konvertatsiya va valyuta kartalari, Qiwi yoki WebMoney tizimlari orqali pul to‘lashlari mumkin.

Kobeyjing kartalari chiqishi bilan bu borada ulardan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun valyutani konvertatsiya qilish shart emas, tizim o‘ziga zarur summani kerakli valyutada, hatto kartada o‘zbek so‘mi bo‘lsa ham, yechib olaveradi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 301 | Добавил: MASSARI | Теги: Alibaba, aliexpress, o'zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]