Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.01.2020
Bugun, 6 yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

8-9 yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antisiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10 yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Теги: o'zbekiston, ob-havo

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]