наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
15:47
O‘zbekistonda internet tezligi oshgani to‘g‘risidagi xabarga qanday munosabat bildirildi?

Speedtest Global Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oyda O‘zbekistonda internet tezligi oshgan. Xususan, may oyi hisoboti bo‘yicha O‘zbekiston ikki pozitsiya yuqorilab, 125 davlat ichida endi 113-o‘rinni egallab turibdi(8,91 Mbit/s).

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda yurtimizda internet imkoniyatlarini kengaytirish ustida mahalliy mutaxassislardan tashqari 20dan ziyod xorijlik ekspertlar ham ish olib boryapti.

Turgan gapki, ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Kimdir bu xabardan hayratlangan bo‘lsa, yana kimdir g‘azablandi, yana kimlardir o‘z munosabatini hazil aralash bildirdi.

Foydalanuvchilarning aksariyati internet tezligida o‘zgarish sezilmaganini yoki sifati avvalgidanda yomonlashganini qayd etishgan.

Ulardan birining yozishicha, "O‘zbekistonda 6G tarmog‘i ishlayapti".

"Men sezdim. Internet tezligi oshdi. Avvallari Telegram'da yozgan xabarim jo‘natilishini 2 daqiqa kutardim, endi 1,5 daqiqaga yetmasdan ketyapti. Rasmlarni ochishga 5 daqiqa yetyapti. Yana bir yillardan so‘ng video ko‘rsam ham bo‘ladimi deyman", deya kinoyali izoh qoldirilgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 826 | Добавил: MASSARI | Теги: o'zbekiston, internet tezligi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]