наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
18:50
O‘zbekistonda Nokia 6 smartfoni 2,4 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Nokia markasi tarixidagi ilk Android-smartfon — Nokia 6 modeli sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Telefon korpusi butun alyuminiy bo‘lagidan aniq frezerlash usuli bilan yasalgan. Barmoq izi skaneri “Uyga” tugmasiga o‘rnatilgan.

Smartfon 5,5 dyuymli va 1920×1080 pikselli, qayrilma qirrali Full HD-displey, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (+microSD), 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Nokia 6 Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi, ikkita SIM-kartani sig‘dira oladi.

Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida 64 Gb doimiy xotirali Nokia 6 2,4 million so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga "Zamonaviy.Uz" sayti kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 429 | Добавил: VerSign | Теги: Nokia 6 smartfoni | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]