Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

O‘zbekistonda nosvoyni taqiqlash bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 22.02.2019
«Mening fikrim» ommaviy murojaatlar portali qisqa vaqt ichida takliflarga to‘lib, ommabopligi oshib bormoqda. Quyida bir fuqaro O‘zbekiston hududida nosvoyni taqiqlash fikrini bildirgan va buning uchun asoslarini keltirgan.

Uning yozishicha, nos chekishning inson organizmi uchun zararlari juda ko‘p. Nosvoy tarkibidagi tamaki tufayli tishlar qorayadi va asta-sekin to‘kila boshlaydi. Nosvoydagi ishqor tufayli yuqori va pastki lablarda yallig‘lanish va abssess hosil bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, til osti saratoni yuzaga kelish xavfi, lablar va og‘iz bo‘shlig‘ida turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Ichak infeksiyalari, virusli gepatit kabi kasalliklar yuqish xavfi bor. Bundan tashqari, oshqozon yaralari va saratoni yuzaga kelishi mumkin.

Muallif shu asoslarni keltirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni taqiqlash bo‘yicha tezkor me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlashni taklif etgan.

Теги: NOS, ta'qiqlash, Nosvoy

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]