Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 1282
Статистика

Онлайн всего: 262
Гостей: 262
Пользователей: 0
0

O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma’lum bo‘ldi

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 17.08.2019
2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo‘lgan).

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligining FHDYo organlarida jami 79,4 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 75,8 mingtasi joriy yilda vafot etgan, 3,6 mingtasi 2019 yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tib, 2018 yilda vafot etganlar, xalqaro tavsiyalarga asosan, 2018 yilning yakuniy ma’lumotlarida inobatga olingan.

2019 yilning yanvar 62,1 % - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 % - o‘simtalardan, 5,3 % - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,4 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 % - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 13,3 % - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 % - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Теги: o'zbekiston, O'lim, kasallik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]