Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 131
Гостей: 131
Пользователей: 0
0

O‘zbekistonlik qiz 48 yil ichida ilk marta «Miss Intercontinental» tanlovida mamlakat nomidan ishtirok etadi

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
20 yoshli Nigina Fahriddinova «Miss Intercontinental 2019» unvoni sohibiga aylandi va birinchi marta tanlov finalida mamlakat nomidan ishtirok etadi, deb yozadi Daryo.

«Miss Intercontinental» tanlovi 1971 yildan boshlab har yili o‘tkaziladi va eng nufuzli go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etadigan tanlovning final bosqichi joriy yilning 21 dekabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

«M&B Models Agency» MDH mamlakatlari orasida rasmiy litsenziya egalari orasida onlayn kastingda g‘olib bo‘lgan Nigina Fahriddinova tanlovning 48 yillik faoliyati davomida ilk marotaba «Miss Intercontinental Uzbekistan 2019» nomiga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, «Miss Intercontinental» tanlovida o‘z mamlakatining vakili bo‘lish uchun faqat bir nafar qiz haqli. «Miss Intercontinental» tanlovi g‘olibi barcha xalqaro go‘zallik tanlovlarining eng qimmat tojlaridan biri bo‘lgan 361,466 dollarlik toj bilan taqdirlanadi.

«O‘zbekiston madaniyat va go‘zallikni rivojlantirishda yangi qadam qo‘yganidan va yangi bosqichga ko‘tarilganidan xursandman. Men o‘z mamlakatimni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyish etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiraman», — deydi Nigina Fahriddinova.

Теги: go'zallik tanlovi, Miss Intercontinental

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]