наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
11:53
“O‘zbekkonsert” 2017-yilda litsenziyasi olib qo‘yilgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2017-yilda bajarilgan ishlari va 2018-yildagi ustuvor vazifalar mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, san’atkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda litsenziyasi olib qo‘yilgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Instagram / @tokhir_sodikov

Faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 22, 23, 24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi qaroriga asoslanib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, xonandalar Shahnoza Otaboyeva, Bunyodbek Saidov, Sherali Bekmurodov, Sharof Muqimov, Dilmurod Sultonov, Hadicha Qurbonova, Aziza Niyozmetovalarning litsenziyalari to‘xtatilgan. 2017-yilda jami sakkiz nafar xonandaning litsenziyasi to‘xtatildi.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 893 | Добавил: VerSign | Теги: “O‘zbekkonsert” 2017-yilda litsenzi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]