наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
22:41
“O‘zbekkonsert” 28 nafar xonandaning konsertiga ruxsat bermadi

2017 yil davomida O‘zbekistonda 28 ta xonandaning konsert dasturiga ruxsatnoma berilmagan. Ularga ssenariy va konsert dasturidagi kamchiliklar uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha rad javobi berilgan. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov 2017 yil yakunlari va 2018 yil rejalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Yil davomida konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish ekspert komissiyasining 26 marotaba yig‘ilishi o‘tkazilib, 610 ta bir marotabalik konsert-tomosha ruxsatnomasi berilgan.

Konsert dasturlari qo‘yish uchun murojaat bilan chiqqanlar ekspert komissiyasi tomonidan rad etilishining asosiy sabablaridan biri – konsert tashkilotchilariga bo‘lgan ishonchsizlik, avvalgi konsertlarda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xatolar hamda ssenariyning g‘oyaviy jihatdan sust ekanligi.

“Nigora Soyim media” kompaniyasi eronlik xonanda Arashni olib kelamiz, dedi. Katta shov-shuv qilindi. Konsert 2017 yilning 13 oktyabr kuniga belgilandi, keyin 31 oktyabrga ko‘chirildi. Oxir-oqibat Arash O‘zbekistonga kelmadi. Ular o‘rtasidagi shartnoma talablari qaysidir taraf tomonidan bajarilmadi. Va o‘z-o‘zidan ekspert komissiyamizda bundan buyon bu konsert tashkilotchilariga nisbatan ishonchsizlik bo‘ladi”, deydi Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Sayfullayev.
Manba: qalampir.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 1869 | Добавил: MASSARI | Теги: Konsert, o'zbekkonsert, shou-biznes | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]