Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 57
Гостей: 57
Пользователей: 0
0

Olimlar: Boy va kambag‘al odamlarni yuzidan aniqlash mumkin

Автор: VerSignкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 19.07.2019
Toronto universiteti olimlarining tushuntirishicha, insonning baxtli yuz ifodasi bevosita muvaffaqiyatga bog‘liq, deb yozadi “Nauka”.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, notanish odamning boy yoki kambag‘alligini uning portretiga qarab bemalol aniqlash mumkin. Ijtimoiy holat hatto neytral yuz ifodasida ham aks etadi.

Psixologlarning tushuntirishicha, ijtimoiy holat odamlarning yuzida gavdalanadi, yangi paydo bo‘lgan ifodalar esa ma’lum darajada odamlar uchun yangi ochilayotgan imkoniyatlar aksi bo‘lishi mumkin.

O‘smirlik va yoshlik davridagi hissiyotlar, qiyinchiliklar yosh o‘tsa ham yo‘qolmadigan “niqob”ga aylanadi.

Buni tushuntirish uchun psixologlar asos sifatida kanadalik oilaning o‘rtacha yillik daromadini oldi. Keyin esa oilaviy daromadi pastroq va yuqoriroq bo‘lgan ko‘ngillilar tanlab olindi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilari suratga tushirildi va suratlar nazorat guruhiga berildi.

Ekspertlarga suratlardan tashqari hech qanday ma’lumot berilmagan. Guruhdan suratlarga qarab, ichki sezgiga tayanib, suratlardagi har bir qahramonning moliyaviy ahvoli va ijtimoiy holatini baholash so‘ralgan. Nazorat guruhi 53 foiz aniqlik bilan kim boy va kim kambag‘al oiladan ekanligni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Теги: Boy, kambag'al, Odamlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]