наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
08:28
Olimlar eng “ahmoq” sun’iy intellekt nomini e’lon qildi

Xitoylik tadqiqotchilar guruhi sun’iy intellektlarning turli tizimlarini tahlil qilib, Siri servisi ular orasida eng “ahmoqi” degan xulosga keldi. Bu haqda Business Insider’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlar sun’iy intellekt tizimlarini taqqoslash natijasida Google IQ servisining darajasi 43,7 ball ekanligini aniqladilar. Undan keyingi o‘rinlardan Baidu (33), Microsoft’s Bing (32) va nihoyat Siri (24) joy oldi. Ta’kidlanishicha, Google’ning yetakchiligiga qaramay, servis inson intellekti darajasiga yetguniga qadar hali ancha uzoq yo‘lni bosib o‘tishi lozim. O‘rta statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 6 yoshli qizaloqning IQ’si 55,5 ballni tashkil etadi.

Siri — Apple kompaniyasining iOS, watchOs va macOS tizimlari tarkibiga kiruvchi dasturiy yordamchi. Korporatsiya ushbu dasturdan birinchi bor 2011-yili iPhone 4s smartfonida foydalangan.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 267 | Добавил: KenjaMedia | Теги: ahmoq, olimlar, sun’iy, intellekt | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]